Zohidov Maqsad


1774
Yo‘nalishlar: Fan, Tibbiyot

2010 - 2011 o‘quv yili "Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot" yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipendiyasi tanlovining, bakalavriat yo‘nalishida, g‘olib bo‘ldi.

Tarjimai hol
Zohidov Maqsad institut professor-o‘qituvchilari va kursdoshlari orasida chuqur hurmatga ega. U o‘zining a’lo o‘qishi va namunali xulqi bilan barcha talabalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

Zohidov Maqsadbek barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qishi bilan birga institut jamoat ishlarida ham faol qatnashgan. U 2004 yildan buyon viloyat va institut «Kamolot» YoIX boshlang‘ich tashkiloti va viloyat «Yosh liderlar assotsiatsiyasi» faol a’zosi, viloyat, shahar, respublika miqyosida o‘tkazib kelinayotgan umumxalk bayramlari va institut tadbirlarida faol ishtirok etib kelgan. U "Iqtidorli talabalar uchun ta’sis etilgan stipendiya" tanlovining g‘olibi, "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan. Hozirda Maqsad Zohidov Toshkent tibbiyot akademiyasining urologiya yo‘nalishida magistraturaning 3-kursida o‘qib, o‘z ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit