Yo‘ldoshqori Shohjahon ibn Abror o’g’li


1985
Yo‘nalishlar: Fizika

Familiyasi, ismi-sharifi: Yo‘ldoshqori Shohjahon ibn Abror o‘g‘li

Tug‘ilgan yili, kuni, joyi: 1993yil 26 iyun Farg‘ona shahar, Hidoyat 73-uy

Ta'lim olgan/olayotgan maktabi: 1-umum o‘rta ta'lim maktabi

Tahsil olgan/olayotgan oily ta'lim muassasi: Farg‘ona davlat universiteti

Faoliyat yo‘nalishi: Fizika

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki: yo‘q

Erishgan natijalari: 2015-2016 yilda Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Tarjimai xol:

Yo‘ldosh Qori Shohjahon ibn Abror o‘g‘li 1993 yil 26 iyunda Farg‘ona shahrida ziyoli oilasida tug‘ildi. Millati o‘zbek. 2000 yil 1sentyabrda Farg‘ona shahridagi 2-sonli Jahon tillari gimnaziyasiga 1-sinfga o‘qishga qabul qilindi. 2001 yil oilamiz bilan Toshkent shahriga ko‘chib o‘tishimiz munosabati bilan Toshkent shahar Bektemir tumanidagi № 293-sonli umumta'lim maktabida 2-sinfdan 8-sinfgacha o‘qishni davom ettirdi.

Farg‘ona shahriga 2007 yil ko‘chib keldik va 8- 9-sinflarni Farg‘ona shahridagi №1-sonli umumta'lim maktabini tugatdi. 2009-2012 o‘quv yillarida Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi №3-sonli akademik litseyning “Aniq fanlar” yo‘nalishida tahsil oldi.

Akademik litseyni a'lo baholarga tamomlab, 2012 yilda Farg‘ona davlat universitetining “Fizika-matematika” fakulteti “Fizika” ta'lim yo‘nalishiga hujjat topshirib, davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. 2012-2013 o‘quv yilida 1-kursni, 2013-2014 o‘quv yilida 2-kursni, 2014-2015 o‘quv yilida 3-kursni a'lo baholarga yakunladi. O‘qish davrida o‘zining fanga bo‘lgan qiziqishi tufayli Respublika va oliy ta'lim muassasalarda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda. Bundan tashqari, universitetda o‘tkazilayotgan ma'naviy-tashkiliy ishlarda ham o‘z iqtidorini ko‘rsatib kelmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit