Xo`jayev Shohjahon Akmaljon o`g`li


2251
Yo‘nalishlar: Fan, Siyosatshunoslik, Arxeologiya

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasining “Huquq va xalqaro munosabatlar” yo`nalishi bo`yicha sovrindori Xo`jayev Shohjahon Akmaljon o`g`li 1993 yil 29 dekabr Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida tavallud topdi. Bolalik chog`idan huquqshunos bo`lishni istagan Sh.Ho`jayev Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilindi.
U “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarning aks etishi”, “O`zbekiston Respublikasida xususiy mulkni himoya qilishning huquqiy asoslari”, “Anglosakson jinoyat huquqining tizimi haqida”, “Siyosiy partiyalar – fuqarolik jamiyatining asosiy instituti”, “O`zbekiston huquqiy tizimida xalqaro xususiy huquqning rivojlanishi ahamiyati va istiqbollari”, “Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga salbiy ta'siri” nomli maqolalar hamda “Yoshlarning axborot xavfsizligi”, “O`zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning huquqiy holati” nomli risolalar muallifi sanaladi.
2012 yilda O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Mustahkam oila” yiliga bag`ishlangan, “Infolib 2012” haftaligi doirasida o`tkazilgan “Oila va huquq” mavzusidagi seminar-treningni o`tkazganligi uchun Yunusobod tumani xokimligi va kutubxona ma'muriyati tomonidan fahriy yorliq bilan taqdirlangan. 2013 yilda “Kamolot” YOIH tomonidan o`tkazilgan “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining kafolati” mavzusidagi targ`ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etishdagi ko`magi uchun “Kamolot” YOIH faxriy yorliq bilan mukofotlangan. Bundan tashqari, 2013 yilda O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” YOIH ҳamda Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tashkil qilingan “Tafakkur sinovlari” ko`rik-tanlovining dastlabki va hududiy bosqichida birinchi o`rinni va respublika bosqichida faxrli ikkinchi o`rinni egallagan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit