Xakimov Farrux Shokirjonovich


1991
Yo‘nalishlar: Kimyo

Familiyasi, ism-sharifi: Xakimov Farrux SHokirjonovich

Tug‘ilgan yili, kun iva joyi: 07.04.1990 Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Xonqiz qishdog‘i, Oqoltin ko‘chasi

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi.

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Farg‘ona politexnika instituti

Faoliyat yo‘nalishi: 5320400-“Kimyo-texnologiya”

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki: yo‘q

Erishgan natijalari:

2015 yil “Beruniy” nomli Davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan.

2014 yil o‘qish va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Farg‘ona politexnika instituti rektori tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2015 yil 28-29-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, “Kamolot” YOIH markaziy kengashi, Farg‘ona davlat universitetitomonidan tashkil etilgan yosh olimlar va talabalarning “XXI ASR-INTELEKTUAL AVLOD ASRI” shiori ostida o‘tkazilgan hududiy konferensiyasida faol ishtiroki uchun III darajali diplom bilan taqdirlangan.

2015 yil Farg‘ona shahar xokimligi tomonidan o‘tkazilgan “YUksak ma’naviyatli avlod” festivalining “YUksak ma’naviyatli avlod Zamonaviy ilm fan” yo‘nalishi g‘olibi bo‘lgani uchun1-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2015 yil Toshkent Kimyo-texnologiya institutida bo‘lib o‘tgan Respublika talabalar fan olimpiadasining ikkinchi bosqichida faol qatnashgani uchun TKTI rektori faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

2015 yil III Respublika forumining “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovida faol ishtiroki uchun Farg‘ona politexnika instituti talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

Xakimov Farrux SHokirjonovich Respublika va institut miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘zining 10 dan ortiq tezis va maqolalari bilan ishtirok etgan.

Men Xakimov Farrux SHokirjonovich, 1990 yil 7-aprelda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Xonqiz qishlog‘ida ziyolilar oilasida tavallud topganman. Millatim o‘zbek. O‘zbekiston fuqarosiman. 1997-yilda Farg‘ona shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1-sinfiga qabul qilindim va maktabni 2006-yilda a’lo darajadagi shahodatnoma bilantamomlab, 2006-2009 o‘quv yillarida Farg‘ona neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida “Neft-gazni qayta ishlash va neft kimyoviy ishlab chiqarish” yo‘nalishida o‘qidim. Ushbu kollejni imtiyozli diplom bilan tamomlab, 2010-2012 yillari Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida operator va mashinist lavozimlarida ishladim. 2012-yilda Davlat test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib, Farg‘ona politexnika instituti “Kimyo-texnologiya” fakulteti “5320400-Kimyoviy texnologiya” yo‘nalishi 52-12 guruhiga o‘qishga qabul qilindim. O‘qishim davomida barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirib kelmoqdaman. Ilmiy rahbarlarim SH. Xamdamova va H. Raxmonovlar bilan ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman. Xalqaro, respublika miqyosidagi va viloyat oliygohlaridagi o‘tkazib kelinayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarning ishtirokchisiman. Ko‘plab ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamlarida ma’ruzalarim tezis, maqola tarzida chop etilgan. O‘qish va ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishdan tashqari men institutning ma’naviy-ma’rifiy, ommaviy-siyosiy tadbirlarida ishtirok etib kelmoqdaman. Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati a’zosiman. Bolaligimdan tillarni o‘rganishga katta e’tibor qaratganman, hozirda ingliz va rus tillarini mukammal o‘zlashtirmoqdaman. 2015-2016-o‘quv yilida “Beruniy” stipendiyasi sohibi bo‘ldim. Maqsadim O‘zbekiston Respublikasi Kimyo sanoatini jahonda yanada yuqori marralargaolib chiqishdir.Uylanmaganman. Partiyaviyligim yo‘q.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit