Usmanova Gulasal Normuxammad qizi


1777
Yo‘nalishlar: Madaniyat, Xoreografiya

Talim olgan/olayotgan maktabi:

Namangan shaxar49- o’rta maktab. (maktab)

Tahsil olgan/olayotgan oliy talim muassasasi:

Namangan San’at kolleji. (kollej)

Toshkent Davlat Milliy Raqs va Xoreografiya Oliy Maktabi.(institut)

Faoliyat yo’nalishi:

"Xoreografiya va xoreografiya san’ati” magistraturasi

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

Yil:Joy:Tadbir nomi:

2014yil Toshkent sh.A.Navoiy nomidagi davlatstipendiyasi

Erishgan natijalari:

Yil:Tadbir nomi:Natijasi:

Kelajak ovozi,Yesh ijrochilar, Iqtidor ko’rik tanlovlarida 1-chi o’rinlar soxibi. Fond Forum va Mehr nuri Jamg’arma toonidan – Iktidorli talabalarstipendiyasi g’olibi.

T A R J I M A IX O L

MenUsmanova GulasalNormuhammad qizi1993 yilda Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanidagi Iskovot qishlog’ida tavallud topganman. 1999-chi yildaNamangan shaxridagi “Umid” nomli 49-chi o’rta maktabning 1-chi sinfiga qabul qilindim.Shu yili Namangan shahridagiK. Mansurov nomidagi № 1 sonlibolalar musiqa maktabining raqs to’garagidatahsil olishni boshladim. Maktabdaa’lo baholargao’qib,“Kamalak” bolalar tashkilotininga’zosi,maktab sardori bo’lganman. Yoshligimdanraqs san’atiga ishtiyoqimbaland bo’lgani uchun 2006 yilda Namangan San’at kollejining“Xoreografiya san’ati” yo’nalishiga o’qishga kirdim.

1999 yildan boshlab, viloyat va respublikamiz miqyosida o’tkazilayotgan“Mustaqillik”, “Navro’z”, “Konstitusiya”,bayramlarining konsertdasturlarida sport musobaqalalarining ochilish va yopilish marosimlaridavaboshqa ko’plab tadbirlardayakkaxon va ommaviy raqslarim bilan ishtirok etib kelyapman. Jumladan, 2006 yilda “Shu aziz Vatan barchamizniki” deb nomlangan do’stlik forumida,Hindiston davlati elchilari bilan hamkorlikda Raj Kapur xotirasiga bag’ishlab o’tkazilgando’stlik musiqali oqshomida hindcha raqslarim bian, 2007 yil 16 iyulda Namangan viloyatida o’tkazilgan “To’maris” ayollar sport festivaliningochilish va yopilish marosimida , 2009 yilda YuNESKO tashabbusi bilan Samarqandning Registon maydonidabo’lib o’tgan “Sharq taronalari” VIIxalqaro festivali” ning ochilish marosimida, 2010 yil Andijon shaxrida bo’lib o’tgan “Universiada 2010” sport musobaqalariningochilish va yopilish marosimlarida,2011 yilda Termiz shaxrida bo’lib o’tgan “Barkamol avlod 2011”, 2012 yilda Navoiy shaxrida bo’lib o’tgan«Umid nixollari 2012», 2013 yilda Buxoro shaxridabo’lib o’tgan“Universiada 2013”, 2014 yilNamangan shaxrida bo’lib o’tgan“Barkamol avlod 2014”sport musobaqalariningochilish va yopilish marosimlarida o’ziming yakkaxon va ommaviy raqslarim bilan ishtirok etdim.

2010 yilO’zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamg’armasi hamda “Kamolot ” yoshlar xarakati hamkorligida tashkil etilgan “Kelajak ovozi” respublika yoshlar tanlovining “Badiiy ijod ”nominasiyasi bo’yicha respublikabosqichida g’olib bo’ldim.

2011 yilSamarkand shaxridabo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat, San’at va Musiqa kollejlari xamda Akademik liseylari Yosh ijrochilarining Respublika ko’rik tanlovida II darajali Diplomva laureatlik unvoni bilan takdirlandim.2011 yilNamangan shaxrida bo’lib o’tgan“Iqtidor 2011” viloyat ko’rik tanlovidag’olib bo’ldim. 2011 yildaMukarrama Turg’unboeva nomidagi milliy raqs ijrochilari Respublika ko’rik tanlovida “Eng jozibali raqqosa” nominasiyasi bo’yicha g’olib bo’ldim. 2011 yilda Mustakilligimizning 20 yilligi munosabati bilan o’zimning“San’atim-Saodatim” deb nomlangan yakkaxon raqs kechasini, Namangan viloyatidagi Alisher Navoiy nomli musiqali drama teatrida raqs san’ati muxlislari e’tiboriga xavola etdim. 2010-2011 yillarda ”Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotining Namangan viloyati bosqichida “Can’at” yo’nalishi bo’yichag’olib bo’ldim.2012 yilda Fond Forum va “Mexr nuri” jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar” dasturida g’olib bo’ldim.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun ta’sis etilgan “Hixol” Davlat mukofotiningNamangan shaxar va viloyatboskichlarida 2011-2012-2013-2014 yillarda 1-chi o’rinlarni qo’lga kiritib, g’olib bo’ldim va Respublika saralash bosqichlarida faol ishtirok etib, 2014 yilda “Nixol” mukofoti sovrindori bo’ldim.

Xozirda Toshkent Davlat Milliy Raqs va XoreografiyaOliy maktabi “Xoreografiya” kafedrasi“Xoreografiya va xoreografiya san’ati” mutaxassisligi bo’yicha 1 kurs magistrantiman.Ustozlarim ko’magi yordamida“Etti nota”yoxud“Raqsning sexrli olami” nomli ilk kitobim ustida izlanmoqdaman.


Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit