Umarov Mirjahonxo‘ja G‘iyosxo‘ja o‘g‘li


859
Yo‘nalishlar: Fizika

Familiya,ism-sharifi: Umarov Mirjahonxo‘ja G‘iyosxo‘ja o‘g‘li
Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 1994 yil 1 aprel, Farg‘ona shahar
Ta’lim olgan/olayotgan maktabi:

  • 2000 yil Jizzax viloyati Jizzax shahar “Umid” nomidagi iqtidorli bolalar maktabi
  • 2001-2009 yilda Farg‘ona shahar 2-sonli Jahon tillari gimnaziyasi
  • 2009-2012 yilarda Farg‘ona neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Farg‘ona politexnika instituti
Faoliyat yo‘nalishi: CdTe va n-CdS/p-CdTe yupqa polikristallik plyonka asosida optik, fotorezestiv va fotovoltaik xususiyatlar.
Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

  • “Aktualnie problemi sovremennoy nauki” jurnali №4 soni, 2015 yil, Moskva
  • Farg‘ona politexnika instituti Ilmiy-texnika jurnali № 1-soni, Tom 19, 2015 yil
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi IIChB "Fizika-Quyosh" Halqaro konferentsiyasi «Fundamentalnie i prikladnie voprosi fiziki» 2015 yil, Toshkent.
  • «Letniye nauchnie chteniya» IV xalqaro konfrentsiyasi, 2016 yil, 30 iyul, Kiyev, Ukraina

Erishgan natijalari:

  • 2016 yil Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.

Tarjimai hol

Umarov Mirjaxonxo‘ja G‘iyosxo‘ja o‘g‘li, 1994 yil 1 aprel kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
2000 yilda Jizzax viloyati Jizzax shahar “Umid” nomidagi iqtidorli bolalar maktabiga o‘qishga kirdi. 2001-2009 yilda Farg‘ona shahar 2-sonli Jahon tillari gimnaziyasida o‘qidi. 2009-2012 yillarda Farg‘ona neft va gaz sanoati kasb-xunar kollejida “Avtomatika vositalarini jixozlash” mutaxassisligida tahsil oldi.
2012-2013 yillarda Farg‘onagaz unitar korxonasida nazoratchi vazifasida ishladi. 2013 yilda Farg‘ona politexnika instituti “Energetika” fakulteti 5310200 - “Elektr energetikasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha grant asosida o‘qishga qabul qilindim. Hozirgi kunda shu fakultetning 4 bosqich talabasi. Ayni paytda f-m.f.doktori N.X.Yuldashevning ilmiy rahbarligi ostida izlanishlar olib bormoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit