Umarov Azizbek G‘ayratjon o‘g‘li


1945
Yo‘nalishlar: Pedagogika, Psixologiya

F.I.O: Umarov Azizbek G‘ayratjon o‘g‘li

Tug‘ilgan yili va joyi: 1993.12.21 yil  Andijon viloyati Paxtaobod tumani

Ta’lim olgan maktabi: Paxtaobod tumanidagi 10-maktabni tamomlagan

Ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasi: Andijon Davlat Unversiteti

O‘qiyotgan ta’lim yo‘nalishi: Pedagogika va psixologiya

Erishgan natijalari:

  • 2011 yil 29-30 aprel kunlari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan "Diplom bilan biznesga" loyihasini Respublika bosqichida "Eng yaxshi innovatsion biznes loyiha" nominatsiyasida 15 million so‘mlik imtiyozli krediti.
  • 2012 yil 19-21 dekabr kunlari O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Parlamentdagi mening o‘rnim” loyihasining “Agar men deputat bo‘lsam” ko‘rik tanlovida faxrli II o‘rin diplomi bilan mukofatlangan, 2013 yil 21 dekabr kuni “Kamolot”YoIHning “Yurt kelajagi” Respublika iqtidorli yoshlar tanlovi “Menejment va boshqaruvni ma’murlash” yo‘nalishining respublika bosqichida ishtirok etgan.
  • 2015 yil “Keksalarni jamiyatimizda milliy ma’naviyat, tinchlik, totuvlik va barqarorlik muxitini mustahkamlashga qo‘shgan bebaho hissasi davlat va jamiyat e’tirofida” nomli oliy o‘quv yurtlari, iqtidorli talabalari va magistrlari ilmiy-amaliy konferentsiyasida "Eng yaxshi ilmiy tadqiqot ishi" nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni, 2015 yil “Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlari qarashlarida insonparvarlik g‘oyasi va ularning milliy tarbiya tizimidagi o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-uslubiy konferentsiyasining "Eng yaxshi ilmiy maqola muallifi" guvoxnoma.
  • 2015 yil “Zulfiya ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtirok etgan sertifikati.
  • 2016 yil “Yoshlarni qo‘shimcha kasbga tayyorlashning ijtimoiy pedagogik masalalari” mavzusida o‘tkazilgan Respublika ilmiy amaliy anjumanida “Eng yaxshi ma’ruzasi uchun” faxriy yorlig‘i.
  • 2016 yil 25 fevral kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida chop etiladigan “Evroaziyskiy nauchniy jurnal” nomli xalqaro ilmiy jurnalda “Problemi formirovaniya informatsionno-psixologicheskoy bezapasnosti v usloviyax globalizatsii” nomli maqolasi chop etildi va baxolovchi ekspert komissiyasi tamonidan sertifikati.
  • 2016 yil 24 mart kuni O‘zbekiston “Kamolot” YoIH qoshidagi “O‘quv uslubiy markaz”ning yosh yetakchilar uchun o‘tkazilgan seminar-treningdagi faol ishtiroki uchun guvohnomasi, 2016 yil 25 mart kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filialida o‘tkazilgan “Farzandlari sog‘lom yurt-qudratli bo‘lur” mavzusidagi xududiy ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtiroki uchun sertifikati.
  • 2016 yil 14 aprel kuni “Zamonaviy psixologiyada taraqqiyot va ta’limning dolzarb muammolari” mavzusidaga Andijon davlat universitetida o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanda ma’ruzasi bilan ishtirok etib, “Eng yaxshi ma’ruzasi uchun” fahriy yorlig‘i, 2016 yil 15-16 aprel M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filialida bo‘lib o‘tgan “Professionalnoye stanovleniye lichnosti XXI veka v sisteme neprerivnogo obrazovaniya: teoriya, praktika i perespektivi” nomli xaqaro ilmiy-amaliy anjumanda faol ishtirok etganligi uchun sertifikatlar bilan taqdirlangan.
  • 2016 yilgi O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy no mli Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi.

Tarjimai hol

Umarov Azizbek G‘ayratjon o‘g‘li 1993 yil 21 dekabrda Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Uyg‘ur” qishlog‘ining “Guzar” mahallasida tug‘ilgan. U Andijon viloyati Paxtaobod tuman XTBga qarashli 10-umumta’lim maktabiga 2000 yil 1-sinfiga qabul qilingan. 2009 yil a’lo bahoga bitirib, shu yili Paxtaobod tumanidagi Paxtaobod qurilish va kommunal xizmat kasb-hunar kollejiga o‘qishga qabul qilingan va 2012 yil bitirgan. 2014 yil Andijon davlat universitetining pedagogika psixologiya yo‘nalishining 1-kursiga qabul qilindi va ayni kunda shu yo‘nalishning 3-kursida tahsil olib kelmoqda.

Umarov Azizbek bo‘sh vaqtlarida sport ya’ni ba’zida suzish, taekvando va futbol bilan ham shug‘ullanib turadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit