Ubaydullayeva Mohisadaf Sunnatilla qizi


2442
Yo‘nalishlar: Madaniyat, Teatr, Kinematograf

Shayxontoҳur tumanidagi 13-maktabda ta'lim olgan
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Kino, televideniye va radio san'ati fakulteti
Sahna va ekran san'ati dramaturgiyasi bo'limida tahsil olmoqda
Alisher Navoiy nomli Davlat stipendianti

Tarjimai hol
Men - Ubaydullayeva Moҳisadaf Sunnatilla qizi 1993 yil 20-mart kuni Toshkent shahrida tug'ilganman. 2008 yil Shayxontohur tumanidagi  13-sonli maktabni bitirib, Chilonzor tumanidagi 2-Toshkent yuridik kollejiga o'qishga kirdim. Hozir O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining “Sahna va ekran san'ati dramaturgiyasi” bo'limi talabasiman.
Otam - Komilov Sunnatilla Ubaydullayevich, nafaqaxo'r.
Onam - Komilova Mavluda Arifovna, O'zbekiston Milliy bog'ining badiiy raҳbari.
Ukam - Ubaydullayev Qudratilla Sunnatilla o'g'li, Toshkent aloqa kollejini tamomlagan.
2004 yil “Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivalida nazm yo'nalishida sovrindor bo'ldim. Maktab va tuman miqyosida o'tkazilgan fan olimpiadalari g'olibiman. 2008 yil ona tili va adabiyot fanidan o'tkazilgan fan olimpiadasida tuman bosqichida 3-o'rinni egalladim. Muxtor Ashrafiy nomli 7-son bolalar musiqa va san'at maktabining 2008 yil dutor chog'usi yo'nalishida “Eng namunali o'quvchi” sifatida tamomladim. Shu yili tuman miqyosida o'tkazilgan “Qizlar davrasi” ko'rik-tanlovida birinchilikni qo'lga kiritdim. 2008 yil o'tkazilgan “Iqtidorli o'quvchi” ko'rik-tanlovining san'at yo'nalishi bo'yicha faxriy yorliq bilan, Kamolot YOIH qoshidagi “Sardorlar maktabi” tomonidan “Oltin diplom” bilan taqdirlanganman. Kollejda o'tkazilgan tadbirlarda, jumladan “Yulduzlar”, “Yosh huquqshunos”, “Quvnoqlar davrasida” kabi tadbirlarda faol ishtirok etdim. 2013 yilda Toshkent shahar hokimiyati ҳamda BMTning Aholishunoslik jamg'armasi hamkorligida tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etib, sertifikat qo'lga kiritdim. Shundan so'ng, 26 mingdan ortiq yoshlarni “Orasta yoshlar” guruhlariga birlashtira olganim va Respublika jamoat ishlarida faolligim tufayli, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasi raisi Elmira Bositxonovaning “Tashakkurnoma”siga sazovor bo'ldim. 2013 yil oktyabr oyida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Do'rmon” ijod uyida o'tkazilgan “Iste'dod maktabi” V Respublika yosh ijodkorlar seminari ishtirokchisi bo'ldim va sertifikat qo'lga kiritdim. 2014 yil o'tkazilgan “Yuksak badiiy intellektual salohiyatga ega bo'lgan yoshlar tarbiyasining dolzarb muammolari” ilmiy-nazariy, amaliy konferensiyasida “Sog'lom bola shakllanishida xalq og'zaki ijodining o'rni” mavzusida va 2015 yil o'tkazilgan “Yuksak badiiy va intellektual saloxiyatli yoshlar tarbiyasining dolzarb muammolari” ilmiy-nazariy, amaliy konferensiyasida “Bolalar dramaturgiyasining bugungi kuni” mavzusida ishtirok etib eng yaxshi ma'ruzam uchun faxriy yorliqar bilan taqdirlandim. Nukus davlat universiteti va Respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokidagi “Globallashuv jarayoni va ommaviy axborot vositalarining faoliyati” nomli konferensiyada “Sahna asarlarining targ'ibotida ommaviy axborot vositalarining o'rni” mavzusidagi maqolam bilan ishtirok etdim. Institut tomonidan nashr etilgan “Yoshlar ijodida Vatan tuyg'usi”, “Iqtidorli talabalarning ilmiy maqolalari to'plami” va “Yuksak badiiy va intellektual saloxiyatli yoshlar tarbiyasining dolzarb muammolari” nomli to'plamlarda hamo'z maqolalarim bilan ishtirok etdim. “Turkiston”, “Tong yulduzi”, “Ijodiy parvoz”, “Adolat ko'zgusi” kabi gazetalar, “Yoshlar ijodi”, “Teatr” va Yoshlik” jurnallarida va fikr.uz internet saytida maqola va ijodiy ishlarim e'lon qlinib turiladi. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Dramaturgiya” seminari hamda “Onajonim she'riyat” to'garaklarida muntazam ishtirok etaman. Nazm, nasr va dramaturgiya janrlarida ijodiy mashqlarim ham mavjud. Jumladan, “Kumush tuyg'ular” nomli she'riy to'plamim nashr qilingan. Institut talabalari tomonidan ssenariyim asosida “Bunyodkor xalq”, “Irrigatsiya va melioratsiya instituti” nomli hujjatli filmlar suratga olingan. “Zumrasha” bolalar telejurnali uchun yozgan “Konfet” va “Bizniki” nomli qisqa metrajli film ssenariylarim hozirda agentlik kengashining e'tiborida. Debyut-2014 Respublika teatr festivalida “Zafar” nomli komediyam bilan ishtirok etib diplom bilan taqdirlanganman. “O'zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi va “O'zbekkino” milliy agentligi bilan muntazam aloqa qilib turaman. 2015 yil Alisher Navoiy nomli Davlat stipendianti bo'ldim.
Hozir bitiruv malakaviy ishim yuzasidan yosh tomoshabinlar uchun p'yesa yozish bilan shug'ullanmoqdaman.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit