To’raev Muhammad Muhiddinovich


1704
Yo‘nalishlar: Musiqa

To’raev Muhammad Muhiddinovich


To’raev Muhammad 2010 yili R.Glier nomidagi RIMALitseyi o’zbek xalq cholg’ulari bo’limi G’ijjak bas mutaxassisligi bo’yicha O’zbekiston xalq ta’limi a’lochisi Z.Xisamutdinova sinfga qabul qilindi.

O’ o’zining xulqi, odobi bilan va berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishi tufayli o’z tengdoshlari orasida hurmat qozonib kelmoqda.G’ijjak-bas sirlarini qisqa davr ichida yaxshi o’zlashtirib oldi, bunga sabab uning nihoyatda mehnatsevarligi, tirishqoqligi qolaversa o’ziga o’ta talabchanligidir.

Shu o’quv yillar davomida litseyda bo’lib o’tgan barcha tadbirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

2012 yil aprel oyida litsey ichra o’tkazilgan “F.Mirusmonov” nomliI-ko’rik tanlovida II darajali diplom bilan taqdirlangan.

2014 yil 21-27 oktyabr kunlari Toshkentda 1-marotaba o’tkazilgan “Ona yurt ohanglari” nomli Xalqaro tanlovi Diplomi bilan taqdirlangan.

2015 yil 21-23 mart kunlari Rossiyaning Qozon shahrida “Jivoy Rodnik” nomli VI Xalqaro tanlovida I darajali diplom bilan taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit