Sobirov Mexroj Farhodovich


2094
Yo‘nalishlar: Fan, Sport o'yinlari

Sobirov Mexroj Farhodovich 18.05.1992 yilda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida ishchi oilasida tug'ilgan.
1999−2008 yillarda Samarqand tumanidagi 18-son o'rta maktabida ta'lim olgan.
2008-2011 yilda Samarqand San'at kollejini tamomlaydi.
2012 yilda Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining “Arxitektura” yo'nalishiga o'qishga kirgan.
2013 yil 14 iyun “Obod turmush yili” munosabati bilan o'tkazilgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” iqtidorli talabalarning ko'rgazmasida eng yaxshi ijodiy asarlari uchun O'zbekiston Badiiy Akademiyasi Samarqand Badiiy ijodkorlar uyushmasining “I-darajali diplom”i va sovrinlari bilan taqdirlangan.
Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutda Toshkent arxitektura-qurilish instituti bilan birgalikda 2013 yil 24-25 may kunlari o'tkazilgan “O'zbekiston shaharsozlik va landshaft arxitekturasini rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada o'zining 3 ta ilmiy ma'ruzasi bilan ishtirok etgan.
2014 yilda “Yurt Kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovining Respublika bosqichida “Tarixiy yodgorliklarni ta'mirlash va qayta tiklash” nominatsiyasi bo'yicha “I-darajali diplom” soҳibi bўlgan.
2014 yil 2 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining «Beruniy» nomli davlat stipendiyasining sovrindori bo'ldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit