Shodiyev Odiljon Furqat o‘g‘li


1670
Yo‘nalishlar: Pedagogika

Familiya, ismi-sharifi: Shodiyev Odiljon Furqat o‘g‘li

Tug‘ilgan kuni, oyi, yili, joyi: 30.12.1994 Samarqand viloyati Urgut tumani
Ta’lim olgan muassasi: Urgut tuman XTBga qarashli 121-umumiy o‘rta ta’lim maktabi.
Urgut tuman SamDU qoshidagi 3-son akademik litsey
Ta’lim olayotgan muassasi: Jizzax davlat pedagogika instituti
Faliyat yo‘nalishi: O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

  • 2015 yil Rossiya Federatsiyasi -“Yosh olim”
  • 2015 yil Rossiya Federatsiyasi -«Zamonaviy jamiyatda filologiya va lingvistika” IV Xalqaro ilmiy konferentsiyasi
  • 2015 yil Ukraina - “Zamonaviy dunyoda ilmiy tadqiqotlar” (dekabr)
  • 2016 yil Ukraina - “Zamonaviy dunyoda ilmiy tadqiqotlar" (yanvar)
  • 2016 yil Ukraina - “Zamonaviy dunyoda ilmiy tadqiqotlar” (fevral)
  • 2016 yil Ukraina - “Zamonaviy dunyoda ilmiy tadqiqotlar” (mart)
  • 2016 yil Ukraina -“Zamonaviy dunyoda ilmiy tadqiqotlar” (aprel)
  • 2016 yil Ukraina - “Zamonaviy dunyoda ilmiy tadqiqotlar” (may)
  • 2016 yil Ukraina - “Zamonaviy dunyoda ilmiy tadqiqotlar” (iyun)
  • 2016 yil Ukraina - “Zamonaviy dunyoda ilmiy tadqiqotlar” (iyul)

Erishgan natijalari:

  • 2009 yil Huquqshunoslik fanidan viloyat olimpiyadasi sovrindori (2-o‘rin)
  • 2012 yil “Kamolot” YIH tomonidan tashkil etilgan“Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” ko‘rik tanlovi sovrindori (1-o‘rin)

Tarjimai hol

1994 yil 30 dekabrda Samarqand viloyati, Urgut tumani ziyoli oilasida tavallud topgan. 2001 yil Urgut tumani XTBga qarashli 121-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga o‘qishga qabul qilinadi. Odiljon o‘quv yillari mobaynida o‘zining tirishqoqligi, na’munali xulqi, a’lo baholarga o‘qigani bilan tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, o‘qituvchilar e’tiborini qozonadi. 2009 yil Huquqshunoslik fanidan viloyat olimpiyadasida sovrinli II o‘rinni egallaydi.
Shu yili maktabni a’lo bahoga tamomlab, SamDU qoshidagi 3-son akademik litseyiga imtiyozli ravishda qabul qilinadi. O‘quv yilining boshlanishidayoq Odiljonning o‘z oldiga qo‘ygan ezgu va yuksak maqsad sari harakati, izlanishi besamar ketmadi. Bu yillar mobaynida Urgut tuman hokimligi, “Kamolot” YoIH tomonidan tashkil etilgan“Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” ko‘rik tanlovida sovrinli I o‘ringa sazovor bo‘ldi.
2013 yil Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining O‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.
Shodiyev Odiljon o‘qishga qabul qilingan kundan boshlab sidqidildan mehnat qilib, o‘z ustida tinimsiz ishladi. Bugungi kunga qadar ilmiy rahbari f.f.n. Zuhra Mamadaliyeva bilan birgalikda Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida, xorijiy nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalari bilan qatnashib, 40 dan ortiq maqolalar e’lon qildi. Xususan, “Abdurahmon Jomiyning “Layli va Majnun” dostoni yuzasidan ayrim mulohazalar” (“Nekotorie rassujdeniya v otnoshenii dastana Abduraxmana Djami «Leyli i Medjnun»”) nomli maqolasi Rossiya Federatsiyasida chop etiladigan “Molodoy uchyoniy” ilmiy jurnalining 2015-yil №24 (104) sonida, “Uch buyuk dahoning “Layli va Majnun” dostonlarida Majnun obrazi tahlili” nomli maqolasi esa Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy dunyoda filologiya va lingvistika” IV xalqaro ilmiy konferensiya (IV Mejdunarodnoy nauchnoy konferentsiya «Filologiya i lingvistika v sovremennom obshestve») to‘plamida, “Nosiriddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” va Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida ishq mavzusi”, “Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida Layli obrazi xususida ayrim mulohazalar”, “Uch buyuk dahoning “Layli va Majnun” dostonlarida hamd va na’t tahlili” kabi 9 ta maqolasi esa Ukrainaning Pereyaslav-Xmelnitskiy shahrida bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy dunyoda ilm-fanning muhim tadqiqotlari” (“Aktualnie nauchnie issledovaniya v sovremennom mire”) ilmiy konferensiyasi to‘plamining VIII-XIII sonlarida, “Uch buyuk dahoning “Layli va Majnun” dostonlarida Majnun obrazining qiyosiy tahlili” maqolasi esa O‘zbeksiton Respublikasi OAK ro‘yxatidagi “Sharq yulduzi” ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
“Sharq adabiyotida “Layli va Majnun” qissalari va Alisher Navoiy novatorligi” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan bu talaba, ishning dastlabki natijalari sifatida 2015 yil Jizzax shahrida “Debocha: Alisher Navoiy ijodiga bir qadam” nomli ilmiy maqolalar to‘plami e’lon qildi. Shundan so‘ng birin-ketin ikki kitobi: “Sharq adabiyoti va Alisher Navoiy ijodida “Layli va Majnun” qissalari” nomli risolasi (hajmi 3,5 bosma taboq) “Navro‘z” (Toshkent-2016) nashriyoti tomonidan, “Ta’lim muassasalarida Alisher Navoiy ijodini o‘rganish metodikasi” nomli metodik qo‘llanmasi “Tamaddun” (Toshkent-2016) nashriyoti tomonidan (3 bosma taboq hajmda) ko‘p nusxada nashr etildi va soha mutaxassislari tomonidan iliq kutib olindi.
Shodiyev Odiljon Furqat o‘g‘lining bu samarali mehnati zoye’ ketmadi. Oliy va O‘rta ta’lim vazirligining 2016 yil 6 oktyabrdagi 415-sonli buyrug‘iga binoan “Navoiy nomidagi davlat stipendiya”siga sazovor bo‘ldi.
Kelajakda Odiljon Shodiyevdan vatan ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shadigan, yurt koriga yaraydigan shaxs bo‘lib yetishishiga umid qilib qolamiz!

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit