Sharopov Abrorbek Axror o‘g‘li


1922
Yo‘nalishlar: Fizika, Kimyo

Familiya, ism-sharifi: Sharopov Abrorbek Axror o‘g‘li

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 1993 yil 5 noyabr, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri

Ta'lim olgan maktabi: Qarshi shahri 1- sonli ixtisoslashgan maktab-internat

Tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Toshkent davlat texnika universiteti (bakalavriatura)

Faoliyat yo‘nalashi: Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki: 2013 yil Bolgariya, Sofiya shahri, IX –Xalqaro konferensiya ishtirokchisi. 2014 yil Polsha, Xalqaro konferensiya ishtirokchisi.

Erishgan natijalari:O‘zR OO‘MTVning 30.09.2013 yil 366-sonli buyrug‘iga asosan 2014-2015 o‘quv yilida Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

2013-2014 o‘quv yili birinchi yarmi O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksi , kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengash ustama stipendiyasi sovrindori.

2014 yil 21-26 aprel kunlari Iqtidorli yoshlarning fan haftaligida “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” tanlovida faxrli 1-o‘rin sohibi.

2014 yil 25 iyun “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovi shahar bosqichi g‘olibi.

2015 yil 16-18 aprel kunlari o‘tkazilgan “Fan va texnika taraqqiyotida intelektual yoshlarning o‘rni” mavzusidagi iqtidorli talabalarning respublika ilmiy anjumani doirasida o‘tkazilgan “ Eng yaxshi ma'ruza” tanlovida I o‘rinni olganligi munosabati bilan Faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2015 yil 19-21 may kunlari o‘tkazilgan , ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali olib borib , ”Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar ” VIII Respublika yarmarkasida faol ishtirok etganligi uchun, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

2015 yilda “ Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar taqdimiotlari xududiy ko‘rgazmasi “da faol ishtirokchiligi uchun Toshkent shahar xokimligi tomonidan diplom bilan taqdirlangan.

2015 yil 15-17 aprel kunlari “Iqtidorli yoshlarning fan haftaligi ”doirasida talabalar, magistrantlar va yosh olimlar uchun tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida o‘tkazilgan “Intelektual mulk ob'yektlarining huquqiy muhofazasi ” bo‘yicha seminar –treningda qatnashib malaka oshirganligi to‘g‘risida Sertifikat taqdim etildi.

Tarjimai hol:

Sharopov Abrorbek Ahror o‘g‘li 1993 yil 5 noyabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ziyolilar oilasida tug‘ildi.

2000 yil Qarshi shahridagi 1- sonli ixtisoslashgan maktab-internatning 1 sinfiga bordi. 2009 yil shu maktabni a'lo baholar bilan tamomladi.

2009 yil Toshkent davlat yuridik instituti qoshidagi akademik litseyiga o‘qishga kirdi va 2012 yili shu akademik litseyni imtiyozli diplom bilan tamomladi.

2012 yili Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Neft va gaz” fakultetining “Neft-gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” yo‘nalishi bo‘yicha talabalar safiga shartnoma asosida qabul qilindi. Hozirda respublika ilmiy jurnallari va respublika miqyosida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlarida ilmiy maqolalarni e'lon qilish bilan birga MDH va chet el ilmiy jurnallarida maqolalar chop ettirmoqda.

Qiziqishlari juda ko‘p bo‘lib, bulardan ingliz tilini mukammal o‘zlashtirganman, kompyuterda Eclipse, Corel Draw, AutoCad dasturlarini mukammal o‘rganish bilan birga badiiy, tarixiy kitoblar o‘qish, klassik musiqalarni tinglash hamda sport bilan shug‘ullangan

O‘qishni tugatgach oliy ta'limning magistratura bosqichida ta'limni davom ettirmoqchi, Hozirda IV-bosqichni a'lo baholarga o‘qish bilan birga o‘z ustimda tinimsiz ishlamoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit