Shamsiyeva Malika Shuhratovna


2061
Yo‘nalishlar: Matematika

2010-2011 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi tibbiyot institutlari talabalari uchun ta'sis etilgan faxrli «IBN SINO» nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo'ldi. 1988 yil Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tug'ilgan. 2005 yilda Samarqand davlat tibbiyot instituti tibbiy pedagogika fakultetiga test sinovlaridan muvaffaqiyat bilan o'tib, grant asosida o'qishga qabul qilingan.
Shamsiyeva Malikaning 54 ta ilmiy maqola va tezislari nashr ettirilgan (shulardan 4 tasi xorijiy matbuotda) chop ettirilgan. U Respublikada o'tkazilgan bir qator xalqaro konferensiyalarda o'z ma'ruzalari bilan qatnashib I darajali to'rtta diplomlar sovrindoridir.
2012 yil Samarqand davlat tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan tugatib, akusherlik va ginekologiya mutaxassisligi bo'yicha magistraturaga o'qishga qabul qilingan va hozirgi vaqtda magistraturada tahsilini davom ettirmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit