Seytnazarova Guljahan Suxanatdinovna


1458
Yo‘nalishlar: Madaniyat

Seytnazarova Guljahan Suxanatdinovna 1992 yil 25 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida, ziyolilar oilasida tug‘ildi. Millati — qoraqalpoq.

1999-2008 yillar mobaynida Kegayli tumaniga qarashli 46-sonli umumta’lim maktabida tahsil oldi. 2008 yilda o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida «Qoraqalpoq tili va adabiyoti» fanidan faxrli 3-o‘rinni egallab, imtiyozli ravishda Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 1-sonli akademik litseyga o‘qishga qabul qilindi.

2011 yil litseyni, 2015 yil Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi fakulteti jurnalistika bakalavr ta’lim yo‘nalishini “imtiyozli” diplom bilan tugatib, shu yili davlat granti asosida qoraqalpoq davlat universiteti magistratura bo‘limiga o‘qishga qabul qilindi. Ayni paytda u 2-bosqich talabasi.

Erishgan natijalari:

2011 yil «Iste’dod maktabi» ΙΙ Respublika seminari «Sertifikat»

2013 yil «Yurt kelajagi-2013» Respublika tanlovi «Sertifikat»

2014 yil «Yosh siyosatchi-2014» Respublika tanlovi «Faxriy yorliq»

2014 yil «Yosh ijodkor talaba» Respublika tanlovi «Faxriy yorliq»

2015 yil «Yosh jurnalist-2015» Respublika tanlovi «Diplom»

2016 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit