Sa’dullaev Tuymurod Mardullo o‘g‘li


1746
Yo‘nalishlar: Fan

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

2015 yil 19-21 noyabr kunlari Navoiy shahrida o'tkazilgan “Kon-metallurgiya majmuasi: Yutuqlar, muammolar va rivojlanish istiqbollari VIII - xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumani”da 3 ta mavzuda ma'ruza qildi.

Erishgan natijalari:

2013 yil Navoiy viloyatida o'tkazilgan “Kelajak ovozi” iqtidorli yoshlar Respublika ko'rik tanlovining viloyat bosqichida “Texnik ishlanmalar” yo'nalishi bo'yicha II-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2013 yil Buxoro shahrida bo'lib o'tgan “Yurt kelajagi-2013” iqtidorli yoshlarning Respublika tanlovida I-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2013 yil Navoiy davlat konchilik instituti miqyosida o'tkazilgan talabalar fan olimpiadasining 1-bosqichida “O'zbekiston tarixi” fanidanI-o'rinni egallagan.

2014 yil “Yuksak ma'naviyatli avlod” Respublika festivalining Navoiy viloyati bosqichida 19-25 yoshlilar o'rtasida, “Badiiy ijod” nominatsiyasi qolibligini qo'lga kiritib, rag’batlantiruvchi diplom bilan taqdirlangan.

2014 yil Navoiy davlat konchilik instituti miqyosida o'tkazilgan talabalar fan olimpiadasining 1-bosqichida “Elektr texnikaning nazariy asoslari” yo'nalish fanidan 3-o'rinni egallagan.

2014 yil Yosh olimlar va talabalarning «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi Respublika hududiy ilmiy-amaliy anjumanining 4 sho'basida birinchi o'rinni egalladi va I-darajali diplom bilan taqdirlandi va Buxoro davlat universitetida o’tkazilgan ikkinchi bosqichda ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlanib keldi.

2014 yil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyati Kengashi qoshida “Texnik ishlanmalar va ratsionalizatorlik takliflari” bo'yicha yoshlar guruhini tashkil etgan.

2015 yil Navoiy davlat konchilik instituti miqyosida o'tkazilgan talabalar fan olimpiadasining 1-bosqichida “Elektr texnikaning nazariy asoslari” yo'nalish fanidan 2-o'rinni egallagan.

2015 yil Navoiy shahrida “VIII Respublika innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyixalar” yarmarkasi doirasidagi hududiytaqdimotda faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilantaqdirlandi.

2015 yil Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar dasturi doirasida o'tkazilgan “Innovatsion g’oyalar” II-Respublika tanlovining Navoiy viloyat bosqichida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

2015 yil Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar dasturi doirasida o'tkazilgan “Innovatsion g’oyalar” II-Respublika tanlovinig Navoiy viloyat bosqichida “Eng yaxshi o'quv jarayonlarida qo'llaniladigan loyiha” nominatsiyasi bilan taqdirlangan.

2015 yil Navoiy viloyatida “Yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar” tanlovida sertifikat bilan taqdirlangan.

2015 yil “Betakrorimsan, yagonasan ona-vatanim O'zbekistonim!” Navoiy viloyati yoshlar festivalida “Eng yaxshi innovatsion g’oya sohibi” nominatsiyasi bilan taqdirlangan.

O'zbskiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2015 yil 5 oktyabr 381 sonli buyrugiga asosan 2015/2016 o'quv yilida va O'zbekiston Respublikasi talabalariuchun ta'sis etilgan Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo'ldi.

Tarjimai hol

Sa'dullaev Tuymurod Mardullo o'g’li institut va Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarining doimiy ishtirokchisi, shuningdek, mamlakatimiz yoshlarining “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faol a'zosi.

U institutning eng iqtidorli talabalari qatoridan joy olib, turli-tuman tadbirlarda samarali qatnashib kelmoqda. Sa'dullayev Tuymurod Mardullo o'g’lini kelajakda o'z kasbining mohir bilimdoni, shuningdek, Respublikamiz ham nazariy ham amaliy elektr energetikasi taraqqiyotiga munosib hissa qo'sha oladigan malakali mutaxassis.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit