Rustamov Sardor Muydinxon o‘g‘li


1528
Yo‘nalishlar: Pedagogika

Tug‘ilgan yili: 18.07.1991 yil Namangan viloyati, Kosonsoy tumani

Ta’lim olgan maktabi:

  • 1997 - 2006 yillarda Kosonsoy tumani Majid Homidov nomli 6-sonli maktab
  •  2006-2009 yillarda Kosonsoy pedagogika kolleji

Taxsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi:

  • 2015 yil 2 sentyabrdan Namangan Davlat universiteti 5A112001 Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi magistranti.


Faoliyat yo‘nalishi: Gumanitar fanlar

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

  • 2016 yilning 12 martida “British council Uzbekistan” Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasida “IELTS” (Internetional english language testing system) talablari bo‘yicha ingliz tili imtihonini topshirib “B2-CEFR” talabini bajarib xalqaro darajadagi sertifikatga ega bo‘ldi.
  • 2016 yilning 9-10 avgust kunlari Yevropa ittifoqini rivojlantirish qo‘mitasining “Inklyuzivnoye obrazovaniye dlya detey s osobimi potrebnostyami v Uzbekistane” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etib 338-454 sonli sertifikatga ega bo‘ldi.


Tarjimai holi

Rustamov Sardor Muydinxon o‘g‘li 1991 yil 18 iyulda Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, Koson QFY ga qarashli O‘rta ko‘cha mahallasi ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

1997 yilning 1 sentyabrida Kosonsoy tumanidagi Majid Homidov nomli 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qabul qilingan va ushbu maktabni 2006 yilda a’lo baholar bilan tamomlagan.

2006 yilda Kosonsoy pedagogika kollejini jismoniy madaniyat yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan hamda ushbu kollejni 2009 yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2011 yilda davlat test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Namangan davlat universiteti Pedagogika va jismoniy madaniyat fakultetiga o‘qishga qabul qilinib 2015 yilda tamomlab magistratura bosqichiga imtiyozli o‘qishga qabul qilindi. Hozirgi kunda mazkur oliy dargohning 2-bosqich magistranti.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit