Rustamov Behzod Abdumalikovich


1999
Yo‘nalishlar: Fan, Kimyo

Ta’lim olgan joyi:

Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Akademik A.I.Imomaliev nomidagi 3-o‘rta ta’lim maktabi

Tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi:

Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti

Faoliyat yo‘nalishi:

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti “Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik” yo‘nalishi IV bosqich 4-51 guruh talabasi

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

2014 yil (3 - 6 sentyabr) Toshkent shahar Osiyo ko‘chasida joylashgan Xalqaro AVRDC- The World Vegetable Center tashkilotinining Markaziy Osiyo va Kavkaz orti davlatlari uchun Regional Program of ICARDA offisida bo‘lib o‘tgan “Actual methods of breeding and high-efficiency agrotechnologies in vegetable production” nomli treyning kursida ishtirok etdim va treyning kurs bo‘yicha sertifikat oldim.

Tarjimai hol:

Men Rustamov Behzod Abdumalikovich 21.07.1991 da Toshkent viloyati Qibray tumanida ziyoliylar oilasida tug‘ildim. 2007yil Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Akademik A.I.Imomaliev nomidagi 3-o‘rta ta’lim maktabini tugatib, shu yil Toshkent Pediatriya tibbiyot insitutining 1-sonli Akademik litseyida uqishni boshladim, 2010 yil tamomladim. 2010 yil sentyabr oyidan 2012 yil iyun oyigacha YUqori CHirchiq tumanida joylashgan Moyli va Tolali ekinlar stansiyasida laborant bo‘lib ishladim. 2012 yil sentyabr oyida Toshkent davlat agrar universitetiga Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti “Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik” yo‘nalishiga davlat granti asosida qabul qilindim. Hozirda IV bosqich talabasiman. Oilamiz 4 kishidan iborat.

Otam q.x.f.n Katta ilmiy xodim Rustamov Abdumalik Sattorovich 29.01.1965 yilda Namangan viloyati CHust tumanida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Hozirda O‘simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida (O‘ITI) Genetik resurslar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Onam q.x.f.n Katta ilmiy xodim Amanova Maxfurat Eshmurodovna 25.10.1966 yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida ziyoliylar oilasida dunyoga kelgan. Hozirda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazida Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish texnologiyalarini muofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Singlim Rustamova Nilufar Abdumalik qizi 20.02.1995 yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan. Hozirda, Toshkent Davlat Johon tillari universitetida Ingiliz tili va adabyoti yo‘nalishida II bosqich talabasi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit