Ruhitdinova Naima Husan qizi


1938
Yo‘nalishlar: Fan, Matematika

Ruhitdinova Naima Husan qizi 2013-2014 o'quv yili uchun o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sovrindori.1992 yil 6 aprelda Toshkent viloyati Parkent tumanida tavallud topgan. 1998 yil Parkent tumanidagi 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 1 sinfiga qabul qilingan va 2009 yil 11 sinfni tamomlagan. 2010 yil Toshkent davlat agrar universitetining “Seleksiya, urug'chilik va o'simliklarni himoya qilish” fakulteti agrokimyo va tuproqshunoslik yo'nalishiga shartnoma asosida qabul qilindi. Hozirda shu yo'nalishning 4 bosqich 4-68 guruh talabasi. O'qish davrida 12 ta ilmiy maqola chop ettirgan. 10 dan ortiq sertifikat va faxriy yorliqlar sohibasi. 2012 yil “Zulfiya” nomli Davlat mukofotining viloyat bosqichi 2-o'rin sohibasi. “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining 2 o'rinni egallagani uchun jamoaviy diplom egasi bo'ldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit