Raxmatullayeva Asalxon Ga'yratovna


2600
Yo‘nalishlar: Fan, Madaniyat, Tasviriy san'at

Familiya, ism-sharifi: Raҳmatullayeva Asalxon Gayratovna
Tug'ilgan yili, kuni va joyi: 17.06.1982 yil Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud topgan
Ta'lim olgan/olayotgan maktabi: Toshkent shahri Shayxontohur tumani 102-sonli o'rta maktab
Tahsil olgan/ olayotgan oliy ta'lim muassasasi:
1999-2003 yil Mirzo Ulug'bek nomli O'zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz filologiyasi (bakalavr)
2003-2007yil Kamoliddin Beҳzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, San'atshunoslik fakulteti (bakalavr)
2013-2015yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, San'atshunoslik fakulteti, 2-bosqich magistratura talabasi.
Faoliyat yo'nalishi: Tasviriy san'at tarixi va nazarisi
Xalqaro tadbirlarda ishtiroki: Muzeyga xorijdan tashrif buyuruvchi yuqori martabali mehmonlarni kutib olib, ularga muzey osori-atiqalari tarixini tushuntirish, O'zteleradiokompaniya orqali bergan bir qancha intervyulari orqali san'atimizni targ'ib qilish, muzey eksponatlari bilan viloyatlardagi muzeylar festivallarida qatnashgani uchun O'zbekiston Madaniyat va sport ishlari Vazirligi tomonidan 2005 yil “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi. Muzey faoliyati davomida ko'plab xalqaro ko'rgazmalarni tashkillashtirishda faol ishtirok etdi.
Erishgan natijalari: 2005 yil Kamoliddin Behzod tavalludining 550-yilligiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada ma'ruza bilan ishtirok etdi va ilmiy maqola to'plamda nashr qilindi.
Muzey “E'tiroflar kitobi”da mahalliy va xorijiy tomoshabinlar tomonidan aynan A.Raҳhmatullayeva nomiga yozilgan o'ndan ortiq tashakkurnomalar mavjud.
2007-2008 yillarda Fransiya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Viktor Gyugo nomli Madaniyat markazidagi fransuz tili kurslariga qatnashib, 6 pog'onani o'qib bitirdi va sertifikatga ega bo'ldi.
2014 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat, san'at va sport” yo'nalishi bo'yicha Davlat stipendiyasi sohibasi bo'ldi.
2014 yil “San'at yoshlar nigohida” ilmiy-amaliy konferensiyasida “O'zbekiston davlat san'at muzeyidagi Sharq va Yevropa miniatyuralarini o'rganish masalalari” mavzusidagi ilmiy maqola bilan ishtirok etdi va u kitob shaklidagi to'plamda nashr qilindi.
2014 yil «Rerixovskiye Chteniya» O'rta Osiyo va yaqin mamlakatlar madaniyati ilmiy seminarida “G'arbiy Yevropa miniatyura rangtasvirida portret (O'zbekiston Davlat san'at muzeyi to'plamidan)” ilmiy maqolasi bilan qatnashdi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit