Raxmatova Iqbolxon Inomjonovna


1637
Yo‘nalishlar: Tasviriy san'at

Familiyasi, ism-sharifi: Raxmatova Iqbolxon Inomjonovna

Tug’ilgan yili, kuni va joyi: 07.04.1976 y. Farg’ona viloyati, Marg’ilon shahri

Tahlim olgan/olayotgan maktabi: 4-o’rta maktab Farg’ona viloyati, Marg’ilon shahri

Taxsil olgan/olayotgan oliy tahlim muassasasi: Farg’ona davlat universiteti

Faoliyat yo’nalishi: Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 4-kurs talabasi

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki: yo’q

Erishgan natijalari: Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori 2016 yil.

Tarjimai hol

Raxmatova Iqbolxon Inomjonovna 1976 yil 7 aprelda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1983 yil Marg‘ilon shahridagi 4-o‘rta maktabning 1-sinfiga qabul qilingan. I.Raxmatova maktab davrida a’lo o‘qishi, tashkiliy ishlarda va fan olimpiadalarida faol ishtiroki bilan qolgan o‘quvchilardan ajralib turgan. I.Raxmatova 1993 yili maktabni imtiyozli tamomlagan.

2013 yili Farg‘ona davlat universitetining “Pedagogika” fakulteti “Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. O‘qish davrida o‘zining fanga bo‘lgan qiziqishlari tufayli, Respublika va oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ishtirok etib kelmoqda. Bundan tashqari, universitetda o‘tkazilayotgan turli tadbirlarda yetakchi va faol sifatida kursdoshlaridan ajralib turgan. Ilmga chanqoqligi, a’lo baholarga o‘qiganligi, respublika va xalqaro anjumanlarda o‘z ilmiy ishlari bilan qatnashganligi sababli 2016 yilda Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.

I.Raxmatova ilmiy rahbari B.Qurbonova bilan “Tasviriy san’atda bolalarni estetik tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Ilmiy izlanishlar olib borish davomida I.Raxmatova tomonidan 10 dan ortiq ilmiy-amaliy anjumanlarda tezislar, 2 ta xorijiy jurnallarda maqolalar chop etilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit