Rabbinov Javohir Rustam o‘g‘li


1943
Yo‘nalishlar: Iqtisod

Familiya, ism-sharifi: Rabbinov Javohir Rustam o‘g‘li

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 1993 yil 17 noyabr, Qashqadaryo viloyati

Ta'lim olgan/olayotgan maktabi: Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 324-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta'lim muassasasi:Toshkent moliya instituti

Faoliyat yo‘nalishi: Bank ishi

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

1.2005 yil “Karavan-Saray kulturы” xalqaro tanlovi ishtirokchisi.

2.2006 yil “Rossiya – vremena goda” nomli xalqaro tanlovda eng yosh rassom yo‘nalishi bo‘yicha diplom bilan taqdirlangan.

Erishgan natijalari:

1.2006 yil, “KAMALAK-2006” milliy an'analar va zamonaviylik” bolalar ijodiyoti festivalining “Sharq miniatura” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin.

2.2007 yil, “Kamalak-2007. Milliy an'analar va zamonaviylik” tanlovining “Sharq miniatyurasi” yo‘nalishi bo‘yicha 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.

3.2007 yil, “Yangi avlod -2007” bolalar ijodiyoti festivalining respublika bosqichi laureati (g‘olibi).

4.2015 yil, O‘zbekiston Respublikasi “Navoiy” nomli Davlat stipendiyasi sohibi.

Tarjimai hol

Rabbinov Javoxir Rustam o‘g‘li 1993 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Toshkent shahar Shayxontohur tumanda joylashgan 324-sonli maktabda o‘qigan. Maktabni tamomlagach, TDYUI qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirdi. 2012 yilda TDYUI qoshidagi akademik litseyni tamomladi.

2013 yilda Toshkent moliya institutiga o‘qishga kirdi. Hozirgi kunda 3-kurs talabasi.

2015-2016 o‘quv yilida Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Respublikamizning turli gazeta va konferensiya materiallarida 30 dan ortiq tezis hamda maqolalari nashr etilgan.

Qiziqishlari: Suzish, tasviriy san'at, Android platformasi uchun “apk” formatdagi dasturlar tuzish.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashining faol a'zosi bo‘lib hisoblanadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit