Qo‘ziyev Olmosbek Anvar o‘g‘li


1878
Yo‘nalishlar: Fan, Fizika, Ekologiya

Familiya, ism-sharifi:  Qo‘ziyev Olmosbek Anvar o‘g‘li

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 1994yil 8 iyun Qashqadaryo viloyati Koson tumani Mudin qishlog‘i

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

Faoliyat yo‘nalishi: Energetika fakulteti, “Issiklik energetikasi” yo‘nalishi

Tarjimai hol:

Qo‘ziyev Olmosbek Anvar o‘g‘li 1994 yil 8 iyunda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Mudin qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. millati o‘zbek.
Bolaligidan bilimga chanqoq, qiziquvchan, intiluvchan va o‘z ustida ishlashga harakat qilar edi. 2001 yil Qashqadaryo viloyati Koson tumani 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga o‘qishga qabul qilindi.
Maktabda tahsil olish davrida ilmga chanqoqligi, namunali xulqi, ilm-fan sohasidagi yangiliklarga qiziqishi bilan ustozlarining hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Maktabda o‘qish davomida matematika, fizika, tarix ingliz tili bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadalarining viloyat bosqichlarida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashga muyassar bo‘ldi. Shuningdek mazkur dargohda o‘tkazilgan turli xil ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, ustozlari va tengdoshlari olqishlariga sazovor bo‘ldi.
2010 yil maktabni a’lo baholar bilan tugatib, Koson xizmat kursatish kasb-hunar kollejiga o‘qishga kirdi. O‘qishim mobaynida fizika fan olimpiadasining tuman bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, ko‘plab ko‘rik tanlovlarda ishtirok etdi.
2013 yil kollejni tamomlab, Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining energetika fakulteti 5310100-“Issiklik energetikasi” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. Institutda ta’lim olishim bilan bir qatorda, “Kamolot” YoIH tomonidan tashkil etilayotgan turli tadbir va tanlovlarda ham faol ishtirok etmoqda.O‘qishdan bo‘sh vaqtlarida turli xil kurslarga qatnashib, o‘z bilimlarini mustahkamlab bormoqda.
Bo‘sh vaqtlarida sportning futbol, shaxmat turlari bilan shug‘ullanadi. Til va kompyuter bilimlarini yanada mustahkamlab, nemis tilini o‘rganishning eng yuqori darajasiga yetishishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Kelajakdagi eng oliy maqsadi - Energetika sohasida to‘liq va mukammal bilimli, chet tillarida erkin so‘zlasha oladigan va yurtimiz taraqqiyotini yanada yuksak darajalarga ko‘tara oladigan barkamol shaxs bo‘lib yetishishdir.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit