Qayumov Muzaffar Abdurahmon o`g`li


2038
Yo‘nalishlar: Fan

Qayumov Muzaffar Abdurahmon o‘g‘li 1994 yil 11 iyunda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tavallud topgan. Ilk maktab sabog‘ini u Kitob tumani 37-maktabdan oldi. So‘ng Toshkent davlat texnika universiteti "Energetika" fakultetiga o‘qishga qabul qilindi.
Stipendiat 2014 yilning 25 aprel kunlari Rossiyaning Lipetsk shahrida bo‘lib o‘tgan XV «Zamonaviy texnika va texnologiyalarning dolzarb muammolari» xalqaro ilmiy anjumanining ishtirokchisiga aylandi. 2014 yili Toshkent davlat texnika universitetida “Fan haftaligi” doirasida o‘tkazilgan “Fan va texnika taraqqiyotida intellektual yoshlarning o‘rni” iqtidorli talabalarning anjumanida o‘z ma'ruzasi bilan faol ishtirok etdi.
Shu yili Jizzax politexnika institutida o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliyotga tatbiq etish” mavzusidagi iqtidorli talabalarning respublika ilmiy anjumanida o‘z ma'ruzasi bilan qatnashdi. «O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi»ning guvohnomasi va ustama stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit