Palimbetova Malika Janabayevna


895
Yo‘nalishlar: Adabiyot

Palimbetova Malika Janabayevna 1991 yil 6 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani Qizil-o‘zak OFYda dunyoga keldi. Oilada sakkizinchi farzand.

M.J.Palimbetova 1998 yili Chimboy tumaniga qarashli №17-sonli maktabga boshlang‘ich sinfga o‘qishga bordi. Maktabda a’lo baholarga o‘qidi.

2007 o‘quv yilida Chimboy tumaniga qarashli pedagogika kollejda «Informatika» mutaxassisligi bo‘yicha o‘kishini davom ettirdi. Kollej paytida ham u alo baholarga o‘qidi.

2012 yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga «Qoraqalpoq tili va adabiyoti» fakultetiga grant asosida qabul qilindi. Universitetda professor-o‘qituvchilardan ko‘pgina ilmiy bilimlarni o‘zlashtirdi. O‘z ustida yana ham ko‘proq izlandi. Ilmiy rahbar va boshqa professor-o‘qituvchilar bilan mutaxassisligiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.

2015 yili M.J.Palimbetova Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining magistratura bo‘limi «Adabiyotshunoslik» (qoraqalpoq adabiyoti) mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilindi.

Erishgan natijalari:

  • 2015 yil Nukus sh. «Qoraqalpaq tili va adabiyoti» fan olimpiadasi 3-o‘rin
  • 2015 yil Nukus sh. «Ertangi kun bizniki - marra bizniki» shiori ostida o‘tkazilgan ilmiy konferentsiyada universitet bosqichida 1-o‘rin
  • 2016 yil Toshkent sh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit