Omarov Salamat Muratovich


1963
Yo‘nalishlar: Pedagogika, Tarix

Ta`lim olgan/olayotgan maktabi:№ 9-sonli maktab

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta`lim muassasasi:Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti

Faoliyat yo`nalishi:

Tarix. Tarix o`qitich metodikasi

Halqaro tadbirlardagi ishtiroki: -

Erishgan natijalari:

Yil Tadbir nomi Natijasi
2015 y Mart Institut miqiyosida Ajiniyoz nomidagi stipendiya tanlovi Tanlov g`olibi
2015 y 2015-2016 o`quv yili uchun O`zbekiston Respublikasi nomdor davlat stipendiyalari tanlovi Navoiy nomidagi stipendiya g`olibi

Tarjimai hol:

Men Omarov Salamat Muratovich 1993 yil 21 fevralda Qoraqalpog`iston RespublikasiNukus shahrida tug`ildim. Millatim qoraqalpoq.

1999 yil Nukus shahridagi 9-sonli o`rta maktabniңg birinchi sinfiga o`qishga borib, 2008 yili mazkur maktabning 9-sinfini a`lo baholarga tugattim. 2008-2011 yillar mobaynida QDU qoshidagi 3-sonli akademik litseyda tahsil oldim. O`qish davrimda sportning Kik-boksing turi bilan shug`ullanib birqansha faxriy yorliqlar bilan taqdirlandim. Shu bilan birgalikda ilmiy-ijodiy ishlar olib borib va bir qansha maqolalarni nashrda e`lon qildim.

Tarix faniga qiziqishim tufayli men Nukus davlat pedagogika institutining tarix fakul`tetining 2012 yilTarix o`qitish metodikasi bakalavr ta`lim yo`nalishiga to`lov shartnoma asosida o`qishga qabul qilindim. Fakul`tetda Kamolot YoIH tomonidan o`tkazilganhar xil tadbirlarga muntazam ravishda qatnashib kelmoqdaman.O`qish bilan birgalikda t.f.n. A.Saribaevning ilmiy rahbarligida «Qoraqolpog`iston tarixida milliy qadriyatlarni o`rganish masalalari» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqdaman.

O`qish va ilmiy ishlarim natijalari bo`yicha 2014-2015 o`quv yili uchun institut miqyosida o`tkazilgan Ajiniyoz Qosiboy ug`li nomidagi stipendiya tanlovining g`olibi bo`ldim. 2015-2016 o`quv yili uchun o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasi nomdor davlat stipendiyalari tanlovida Navoiy nomidagi davlat stipendiya g`olibi bo`lishga muvofiq bo`ldim.

Kelajakda o`z kasbim bo`yicha mutaxassis bo`lib, Ona-Vatanim uchun chin dildan xizmat qilaman.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit