Olimjonova Xolida Ahmadjon qizi


1927
Yo‘nalishlar: Pedagogika

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti "Ijtimoiy madaniy faoliyat" ta’lim yo‘nalishi talabasi Olimjonova Xolida Ahmadjon qizi 2013 yilda Navoiy nomidagi davlat stipendanti bo‘ldi.

Institutda o‘tkazilgan "Tafakkur sinovlari", mustaqillik mavzusidagi "Eng yaxshi esse", "Yosh kitobxonlar" tanlovlarida ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

2008 yilda "Kelajak ovozi" Respublika ko‘rik tanlovining ijtimoiy loyiha va biznes reja yo‘nalishi bo‘yicha Sirdaryo viloyati bosqichi g‘olibi, 2009 yilda ushbu tanlovning ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar, loyihalar yo‘nalishida Respublika bosqichi g‘olibi, "Yosh tadbirkor - yurtga madadkor" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi bo‘lib, eng kam oylik ish haqqining 100 baravari miqdorida imtiyozli kreditni qo‘lga kiritgan.

2011 yil xalkimizning ozod va obod vatan barpo etish yulidagi bosh maqsadga erishishida tashabbuskorligi, tashkilotchiligi uchun Maktabgacha ta’lim muassasasining eng yaxshi tarbiyachisi nominatsiyasi bilan "Kamolot" Yoshlar ijtimoiy xarakatining markaziy kengashi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit