O‘lmasov Zikrillo Obidovich


1886
Yo‘nalishlar: Tibbiyot

2013 - 2014 o‘quv yilida magistraturada o‘qib yurgan paytlari Zikrillo O‘lmasov "Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot" yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Biografiya

Zikrillo O‘lmasov bunga ilmiy-tadqiqot sohasida erishgan katta yutuqlari -nevrologiyaning dolzarb muammolari bo‘yicha 30 dan ortiq maqola muallifi bo‘lgani, "Universida-2013" sport musobaqalarida stol tennisi, yengil atletika, suzish hamda 100 va 400 metrga yugurish singari sport turlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich hamda birinchi va iqqinchi darajali diplomlarga sazovor bo‘ldi.

Iste’dodli talaba 2013 yilda "Obod turmush yiliga bag‘ishlangan va Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan "Tibbiyotning dolzarb muammolari" mavzuidagi iqtidorli talabalar va yosh olimlarning Respublika ilmiy-amaliy anjumanida o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib 1-o‘rinni egaladi. 2011 yilda "Sudjok" terapiya bo‘yicha halqaro seminar-trenningda qatnashib, sertifikat oldi Shuningdek, 4-7 kurs talabalariga ingliz tilidan saboq bermoqda.

Hozirda Zikrillo O‘lmasov "Ishemik insultga chalingan bemorlarda depressiya tarqalishi" mavzusidagi ilmiy tadqiqoti ustida izlanmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit