Nazarov Sherzod Abdullayevich


1275
Yo‘nalishlar: Fan

Nazarov Sherzod «Abu Rayhon Beruniy» nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Tarjimai hol
1987 yilda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 2007 yili Termiz Davlat Universiteti Texnika va kimyo fakulteti «Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash» yo‘nalishiga o‘qishga kirgan. Nazarov Sherzod Abdullayevich universitetda tahsil olish davrida intizomli talaba sifatida o‘quv mashg‘ulotlariga muntazam qatnashib, mutaxassislik fanlarini qunt bilan o‘rgangan.
Universitet miqyosida o‘tkazilgan talabalarning ilmiy-nazariy konferentsiyalarida ilmiy-maqolalari bilan muntazam qatnashib kelgan. Ayniqsa, 2009-2010 o‘quv yilida uning ilmiy izlanishlari juda samarali bo‘ldi.

Termiz Davlat Universitetida o‘tkazilgan "Hozirgi zamon fizikasi dolzarb muammolari" V Respublika nazariy konferentsiyasida "Subgarmonik impulsli generator asosida taqsimlovchi elektr tarmoqlarda teleaxborot sistemasini yaratish" mavzusida, Guliston davlat universitetida o‘tkazilgan «Hozirgi zamon pedagogikasida innavatsion texnologiyalar» Respublika ilmiy amaliy konferentsiyasida "Amaliy kasbiy ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish" mavzusida, TermDU da o‘tkazilgan har yilgi professor-o‘qituvchilarning an’anaviy konferentsiyasida tezislar bilan faol qatnashdi.
"Mashina va mexanizmlar nazariyasi" fanidan kurs loyihalarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma, "Materiallar qarshiligi" fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo‘llanmalarga hammualliflik qilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit