Muratbekova Sevara Baxrom qizi


2034
Yo‘nalishlar: Musiqa, Madaniyat

Muratbekova Sevara 2011 yildan buyon R.Glier nomidagi RIMALning fortepiano mutaxassisligi bo’yicha o’qituvchi G.T.Xasanova sinfida tahsil olib kelmoqda.

Shu qisqa davr mobaynida o’zining xarakatchanligi, tirishqoqligi, izlanuvchanligi bilan boshqa o’quvchilardan ajralib kelmoqda. Qobiliyati yaxshi, berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajaradi. O’z ustida tinmay ishlaydi. Sevara chet el, rus bastakorlarining asarlarini qunt bilan o’rganib kelmoqda.

Fortepiano mutaxassisligi yo’nalishi bo’yicha qobiliyatli o’quvchiligini amalda ko’rsatdi. Umumta’lim fanlari bo’yicha o’zlashtirishi a’lo, o’quvchilar orasida xurmatga ega.

Litseyaro o’tkazilgan tanlovlarda qatnashib, I darajali diplom bilan taqdirlangan.

2015 yilning 5-10 may kunlari Italiyaning Barletta shahrida bo’lib o’tgan “Citta di Barletta” nomli XXV Xalqaro tanlovida I darajali diplom bilan taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit