Muborakov Sherzod Yusufjonovich


1748
Yo‘nalishlar: Fan, Tarix

2010 - 2011 o‘quv yilida Navoiy stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.

Tarjimai hol

Muborakov Sherzod Yusufjonovich 1986 yil 5 aprel Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U 2007-2011 yillar Namangan davlat universiteti Tarix fakulteti «Tarix» yo‘nalishida bakalavriaturani, 2011-2013 yillarda "O‘zbekiston tarixi" mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
U 8 ta ilmiy maqola va 10 ta anjuman tezislarining muallifi.
2009 - 2011 yillarda "Yosh tarixchi" to‘garagida faol qatnashib, tengdoshlari orasida ilmiy fikrlashlari bilan alohida ajralib turgan.

2011-2013 yillarda Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondining "Menejer" loyihasida faol ishtirok etgan, shu bilan birga "boshqaruv" va "jamoada ishlash" malakalarini o‘zlashtirgan. Bu bo‘yicha tegishli sertifikatga ega.
Muborakov Sherzod hozirda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi Profilaktika noziri bo‘lib ishlamoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit