Maxbubova Komila Raxmat qizi


1527
Yo‘nalishlar: Madaniyat

Familiyasi, ism-sharifi: Maxbubova Komila Raxmat qizi

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 17.05.1994 y. Oqqorg’on tumani Toshkent viloyati

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Toshkent shahar Mirobod tumani 147- maktab.

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent temir yo’l muxandislari instituti

Faoliyat yo‘nalishi: 5620100 - “Telekommunikatsiya (temir yo’l transportida)”

Erishilgan natijalari: 2015 yilda Farg’onada bo’lib o’tgan “Elektr zanjirlar nazariyasi” fanidan Respublika fan olimpiyadasida 3 o’rin egalladi, Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidandiplom bilan taqdirlandi; institut Ilmiy Kengashi qaroriga ko’ra “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan ta’sis etilgan stipendiyasi sohibi bo’ldi.

2016 yil Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan 2016-2017 o’quv yili uchun Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasiga tayinlandi.

2015 yil 7-8 aprelda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tashkil etilgan “YOsh ilmiy tadqiqotchi” bakalavriatva magistratura talabalarining, stajyor-izlanuvchi-tadqiqotchilarningXIII-institutlararo ilmiy-amaliy konferensiyasida “Перспективы развития систем цифровой передачи информации” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi, maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2015 yil 10 noyabrida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tashkil etilgan “TTYMI bakalavriat talabalarining yozgi amaliyoti bo’yicha” institut miqyosidagi o‘ninchi ilmiy konferensiyasida “Схема управления устройством железнодорожной коммутации” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi va faxrli 3 o‘ringa sazovor bo‘ldi. Mazkur maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2015 yil 3-4 dekabrida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti filialida tashkil etilgan, Respublika miqyosidagi «Наука, образование и воспитание молодёжи» IV ilmiy-amaliy konferensiyasida “Формирование системы социальной защиты старшего поколения” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi va mazkur maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2016 yil 6-7 aprelda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tashkil etilgan “YOsh ilmiy tadqiqotchi” bakalavriatva magistratura talabalarining, stajyor-izlanuvchi-tadqiqotchilarning XIV-institutlararo ilmiy-amaliy konferensiyasida “Функциональные возможности цифровой технологической радиосвязи” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi, maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2016 yil 4 aprelda “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida o’tkazilgan ilmiy ma’ruzalar tanlovida “Использование систем видеонаблюдения на железнодорожном транспорте” ma’ruzasi bilan qatnashdi. Ushbu ma’ruzasi tanlov materiallari to’plamiga kiritildi.

2016 yil 20-21 may kunlari Toshkent avtomobil-yo’llar institutida o’tkazilgan “O’zbekiston respublikasida transport va yo’l xo’jaligi taraqqiyotining istiqbollari” mavzusida iqtidorli yoshlarning Respublika oliy o’quv yurtlararo ilmiy-amaliy anjumanida “Новые технологии в системе перевозок на железнодорожном транспорте” maqolasi bilan qatnashdi. Ushbu maqolasi anjuman materiallari to’plamiga kiritildi.

Tarjimai hol

Maxbubova Komila Raxmat qizi 1994 yil 17-mayda Toshkent viloyati Oqqorg’on tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millatim-o‘zbek.

2001yilda Toshkent shahar Mirobod tumani 147-umumiy o‘rta ta’lim maktabini 1-sinfiga qabul qilindi. 2010 yilda 9 sinfni bitirib TTYMI qoshidagi 1-sonli Akademik litseyning “Fizika-matematika” yo‘nalishini 1-bosqichiga o‘qishga qabul qilindi. 2013-yili Akademik litseyni alo baholarga tamomladi.

2013 yilda Toshkent temir yo’l muhandislari instituti “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakultetini “Telekommunikatsiya” yo‘nalishining 1-bosqichiga Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Hozirda shu institutning 4-bosqich talabasi.

2014-2015 o’quv yilida “Elektr zanjirlar nazariyasi” fanidan Respublika fan olimpiyadasida 3 o’rinni egalladi.

2015-2016 o’quv yilida AJ “O’zbekiston temir yo’llari” stipendiyasini sovrindori bo‘ldi.

Institut miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashib, 6 ta ilmiy maqola va tezisldar muallifi.

2016-2017 o‘quv yilida o‘tkazilgan “Beruniy” nomli Davlat stipendiyasi tanlovida qatnashib, o‘qishdagi yutuqlarim natijasida “Beruniy” nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi .

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit