Mamasaidov Lutfillo Payzullo o‘g‘li


1418
Yo‘nalishlar: Fan, Iqtisod, Tarix

Tug‘ilgan yili: 12.06.1992 yilda Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.
Ta’lim olgan maktablari: 

  • 1999-2008 yillarda Uchqo‘rg‘ontumani 20-umumta’lim maktabi.
  • 2008-2011 yillarda Namangan Yuridik kolleji.

Tahsil olayotgan oliy talim muassasasi:

  • 2013 yil 2 sentyabrdan Namangan davlat universitetining ijtimoiy iqtisodiy fakulteti, tarix yo‘nalishida

Faoliyat yo‘nalishi: gumanitar fanlar
Tarjimai hol
Mamasaidov Lutfillo Payzullo o‘g‘li 1992 yil Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti — oliy.
U 1999 yilda Uchqo‘rg‘on tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabning 1-sinfiga bordi. Ushbu maktabni 2008 yilda tamomlab, shu yili Namangan yuridik kollejga o‘qishga qabul qilingan. Kollejda o‘qish davrida ko‘plab huquqshunoslik fan olimpiadalarida qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallagan. Shu bilan birgalikda 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Yosh huquqshunoslar” respublika ko‘rik tanlovida Namangan viloyatining “Adolat” jamoasiga sardorlik qilgan.
Ushbu kollejni 2011 yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2012-2013 yillarda Qashqadaryo viloyatida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytdi. 2013 yilda Namangan davlat univesiteti Tarix yo‘nalishiga to‘lov kontrakti asosida o‘qishga qabul qilingan. Talabalik davrida ilm-fan yutuqlarini egallash bilan birga, o‘quv yili davomida o‘tkazilgan ko‘plab tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan. Jumladan, 2014 yil universitetda o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlarini o‘rganish bo‘yicha” o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda faxrli 1-o‘rinni va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan o‘tkazilgan 17 noyabr Butunjahon talabalar kunida “Eng ko‘p yutuqlarga erishgan talaba” sifatida faxriy yorliq bilan taqdirlangan. U 2016 yilda O‘zbekiston XDP Namangan shahar kengashi “Istiqbol” yoshlar qanotining “Yosh siyosatchi - 2016” ko‘rik-tanlovida faxrli 3-o‘rinni olgan.
O‘qish davomida uning 70 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalari, “Amir Temur davlat boshqaruv tizimi”, “Amir Temur va temuriylar davrida ma’naviyat va madaniyatni yuksalishi” mavzusidagi o‘quv-qo‘llanmalari chop etilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit