Mahmudova Umida O'ral qizi


1927
Yo‘nalishlar: Fan, Lingvistika

2011-2013 yil Qarshi davlat universiteti talabasi va 10.10.1992 yil Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda "Navoiy" nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Respublika va chet el (AQSH, Buyuk britaniya) elchixonalari tomonidan o‘tkazilgan bir qancha nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Chet el yozuvchilarining bir qancha asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Respublika hamda chet el gazeta va jurnallarida bir qancha ilmiy maqolalari chop etilgan. Fakultet qoshida tashkil etilgan "Yosh tarjimonlar" to‘garagining yetakchisi. Qolaversa, universitetda ish olib borayotgan "Kelajak ovozi" Yoshlar tashabbuslari markazining PR Manager"i. Uning ko‘plab maqolalari vaqtli matbuotda chop etilib turadi. Ilmiy rahbari f.f.n Gulnoza Odilova bilan hammualliflikda "O‘zbek tarjimonlari va badiiy tarjimalar" ilmiy-uslubiy risolasi nashrdan chiqqan. Ingliz tilida erkin so‘zlashadi. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit