Mahmudov Saidamirxon A’loxon o‘g‘li


1686
Yo‘nalishlar: Tarix

Familiya, ism va sharifi: Mahmudov Saidamirxon A’loxon o‘g‘li

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: Andijon shahar, 05.06.1994 yil

Ta’lim olgan maktabi: Andijon shahar 2-umumta’lim maktabi

Tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Andijon davlat universiteti

Faoliyat yo‘nalishi: Tarix fakulteti

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

  • “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlanishda tolerantlik dolzarb muammolari : Tadqiqot metodologiyasi, hozirgi davr va istiqbol” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasida faol ishtiroki uchun sertifikat.
  • 2016 yil Ukraina, Xarkov shahri, “Nitts-Znaniye” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtiroki uchun sertifikat.
  • 2016 yil Rossiya, Sakt-Peterburg, “Globus” davriy ilmiy jurnali faol ishtiroki uchun sertifikat.
  • 2016 yil, Rossiya, Moskva, “Physics” ilmiy jurnali faol ishtiroki uchun sertifikat.

Erishgan natijalari :

  • 2014 yil Tafakkur sinovlari Respublika tanlovi hududiy bosqichi. “Iftixor” jamoasi bilan 1-o‘rin
  • 2014 yil Tafakkur sinovlari Respublika tanlovi mintaqaviy bosqichi.“Iftixor” jamoasi bilan 2-o‘rin
  • 2014 yil Tafakkur sinovlari Respublika tanlovi mintaqaviy bosqichida faol ishtiroki uchun Andijon davlat universiteti rektori tashakkurnomasi.
  • 2014 yil tadbirlardagi faol ishtiroki va namunali xulqi uchun Andijon davlat universitetining faxriy yorlig‘i.
  • 2014 yil 21 dekabrda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlarda O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli sifatida ishtiroki uchun O‘zLiDeP viloyat kengashi faxriy yorlig‘i.
  • 2015 yil “Yuksak ma’naviyatli avlod” festivalining viloyat bosqichida “Prezident asarlari bilimdoni” nominatsiyasi bo‘yicha 20-25 yoshli ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘olibi.
  • 2015 yil Kamolot YoIH Andijon davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab tadbirlarni tashkil etishda ko‘rsatgan tashabbuskorligi uchun faxriy yorliq.
  • 2015 yil Tafakkur sinovlari Respublika tanlovi hududiy bosqichi. “Bog‘i Bobur” jamoasi bilan 1-o‘rin.
  • 2015 yil Tafakkur sinovlari Respublika tanlovi mintaqaviy bosqichi. “Bog‘i Bobur” jamoasi bilan 2-o‘rin.
  • 2015 yil Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi, “Yuksak bilimli va intellektual yoshlar salohiyatini yuksaltirish - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani va uning doirasida yosh olimlar va mutaxassislar tanlovida faol ishtirok etgani uchun diplom.
  • 2015 yil Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Yuksak ma’naviyatli avlod” respublika festivalida faol ishtiroki uchun sertifikat.
  • 2015 yil “XXI asr- intellektual avlod asri” shiori ostida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumani hududiy bosqichida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq.
  • 2015 yil Kamolot YoIH viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan Munozara turniri Andijon viloyati OTM lari o‘rtasida 1-o‘rin.
  • 2015 yil Kamolot YoIH “Ertangi kun bizniki - marra bizniki” shiori ostidagi Respublika talaba-yoshlar festivali doirasida tashkil etilgan “Munozara” respublika turnirida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat.
  • 2015 yil Andijon Yoshlari gazetasi “Yilning eng faol yosh jamoatchisi (ijtimoiy-siyosiy mavzudagi maqolalar yo‘nalishi)”. Faxriy yorliq.
  • 2015 yil Kamolot YoIH, Andijon davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti miqyosida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq.
  • 2015 yil Kamolot YoIH viloyat kengashi, Andijon viloyat hokimligi tomonidan 17 noyabr “Butunjahon talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan Hokim kubogi uchun “Zakovat” intellektual o‘yinida “Oltin silsila” jamoasi bilan 1-o‘rin faxriy yorliq.
  • 2016 yil “Yuksak ma’naviyatli avlod” festivalining viloyat bosqichida “Prezident asarlari bilimdoni” nominatsiyasi bo‘yicha 20-25 yoshli ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘olibi.
  • 2016yil Kamolot YoIH, “Yurt Kelajagi” respublika ko‘rik tanlovi hududiy bosqichida faol ishtiroki uchun sertifikat.
  • 2016 yil “Andijon Yoshlari” gazetasi, “Huquqiy savodxonlikni yuksaltirish” mavzusida o‘tkazilgan maqolalar tanlovida 2-o‘rin sohibi.
  • 2016 yilgi O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi.

Tarjimai hol

Maxmudov Saidamirxon A’loxon o‘g‘li 1994 yil 5 iyunda Andijon viloyati Andijon shahrida tavallud topgan. 2000 yili Andijon shahrida faoliyat olib borayotgan 11-o‘rta umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinfda tahsil oldi.

2004 yildan e’tiboran Andijon shahrida faoliyat olib borayotgan 2-umumta’lim maktabiga ko‘chib o‘tdi.

2009 yili shu maktabni a’lo baholarga tamomlab qizil diplom sohibi bo‘ldi. Shu yildan boshlab Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi 2-son akademik litseyining Ijtimoiy gumanitar yo‘nalishi o‘quvchisi sifatida tahsil ola boshladi.

2012 yil ushbu o‘rta maxsus ta’lim maskanini a’lo baholarga tamomlab, qizil diplom sohibi bo‘ldi.

2013yil Andijon davlat universiteti Tarix fakultetiga talabalikka tavsiya etildi. Shu yildan buyon ushbu oliygohda tahsil olmoqda. Hozirgi kunda 4-kurs talabasi.

Mahmudov Saidamirxon bo‘sh vaqtlarida sportning suzish turi bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari stol tennisi, futbolni yoqtiradi. Shu bilan birga ilmiy faoliyat olib borib, ilmiy-ommabop maqolalar yozib turadi. Kitob mutolaa etish hamda til o‘rganishga qiziqadi. Ayniqsa ingliz, rus tillarida o‘z fikrimni ifoda eta oladi. Bundan tashqari arab va fors imlolarini ham mutolaa etishni o‘rganib kelmoqda.

3 yil davomida qo‘lga kiritgan yutuqlari 2016yilda o‘z mevasini berdi. Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit