Mahmudov A'zamjon Talatovich


2084
Yo‘nalishlar: Tibbiyot

2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi g‘olibi 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Tarjimai hol

2001 yilda Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti davolash fakultetiga o‘qishga kirib, 2008 yilda muvaffaqiyatli tugatdi. A.Mahmudov talabalik yillaridayoq jamoat ishlarida faol ishtirok etdi. "Kamolot" Yoshlar ijtimoiy harakati a'zosi, guruh yetakchisi bo‘ldi, talabalar ilmiy jamiyatida o‘zining ma'ruzalari bilan faol qatnashdi.

2008-2011yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida urologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada o‘qidi. O‘qish davomida talabalar muammosi bo‘yicha ishlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat olib bordi. U akademiyada o‘tkaziladigan barcha ilmiy-amaliy anjumanlarda, shu jumladan, an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelayotgan "Yosh olimlar kunlari" ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtirok etgan va anjuman to‘plamlarida bir necha tezislari chop etildi.

A.Mahmudov rus, turk, ingliz tilini mukammal biladi. U bugungi kunda "Doktor D" klinikasida shifokor-urolog vazifasida ishlash bilan bir qatorda TTA urologiya kafedrasida stajyor-izlanuvchi-tadqiqotchi. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit