Jaylobova Osiyo Yorqinboy qizi


2363
Yo‘nalishlar: Fan, Madaniyat

1992 yil 24 fevralda Namangan viloyatining Pop tumanida tug'ilgan. 2010 yil  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo'lgan.

2007-2008 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy ҳarakati Markaziy kengashi tomonidan o'tkazilgan “O'zbekiston – Vatanim manim” insholar tanlovining respublika bosqichida 1-o'rinni egallagan. Bir qator she'riy to'plamlari nashr qilingan. 2009 yil O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan “Do'ppi tikdim ipaklari tillodan” respublika ko'rik-tanlovida g'olib bo'lgan.

Chilonzor tumani “Lider qizlar” yetakchisi. Hozirda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit