Jamolov Zohid Zafarovich


2656
Yo‘nalishlar: Jamiyat

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi.

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Jizzax Politexnika instituti Sanoat texnologiyasi fakulteti.

Faoliyat yo’nalishi: Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi.

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

9 aprel 2015 yil Navoiy Davlat Pedagogika instituti, Buxoro Davlat Universiteti “Global oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy uslublari” nomli xalqaro ilmiy konferensiya.

Erishgan natijalari:

2014 yilda Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish bo’yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqishda hammualliflik qilgan.

2015 yil Jizzax Politexnika institutida o’tkazilgan Respulika “Talaba” sport uyushmasi tomonidan o’tkazilgan Oliy Ta’lim muassasalararo mini-futbol bo’yicha Respublika chempionatining I darajali diplomi bilan taqdirlangan.

2015 yil Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi.

Tarjimai hol:

Jamalov Zohid Zafarovich 1989 yil 5 dekabrda Jizzax viloyati Jizzax tumanida ziyolilar oilasida tug’ilgan. Millati – o’zbek. Ma’lumoti tugallanmagan oliy. Jamalov Zohid Zafarovich 2005 yili Jizzax tumanidagi O.Ikromov nomli 4-umumiy o’rta ta’lim maktabini a’lo baholarga tugallagach, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litseyiga o’qishga kirib 2008 yilda namunali hulq bilan o’qishni yakunladi. 2012 yilda Jizzax politexnika institutiga o’qishga kirdi. Mutaxassisligi Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi yo’nalishi bo’yicha tahsil olmoqda. Iqtidorli talaba, “Beruniy” nomli Davlat stipendiyasi sohibi.

Mehnat faoliyatini 2011 yilda Jizzax Politexnika instituti Axborot texnologiyalari bo’limida muhandis elektronchi lavozimida boshlagan. 2012 yildan boshlab shu bo’limda muhandis dasturchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit