Jalilova Soxibabonu Abdumalik qizi


1709
Yo‘nalishlar: Fan

Sohibabonu Jalilova 2013-2014 yil Navoiy stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.

Sohibabonu Jalilova 1992 yil 8 avgustda Andijon shahrida tug‘ilgan.

2007 yilda connect.uz onlayn tanlovining "Axborot asri qizlari" tanlovida qatnashib, faxrli o‘rinlar sohibasi bo‘ldi.

U ustozlari Shohidaxon Yusupova, Dilfuzaxon Nurmonova, Donoxon Ne’matovalardan ona tilining ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganishga intildi.

2011 yilda S.Jalilova o‘zbek tili doimiy anjumanining yig‘inida o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, " Faol ishtirok etgan eng yosh talaba" sifatida e’tirof etildi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Muhimi, bu ilmiy-amaliy anjuman Sohibabonuning til haqidagi tasavvurlarini, bilimlarini yanada boyitdi. Anjuman materiallarida uning 2 ta maqolasi chop etildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit