Ja’farova Diyoraxon Jamol qizi


2349
Yo‘nalishlar: Adabiyot

Ta’lim olgan maktabi: 235-o’rta maktab

Tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi:

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Faoliyat yo‘nalishi:

Adabiyotshunoslik (arab adabiyoti)

Erishgan natijalari:

2015-2016 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sovrindori.

Tarjimai xol

Men, Ja’farova Diyoraxon Jamol qizi, 1992 yil 6 iyul kuni Toshkentda tug‘ilganman. O‘rta ta’limni Toshkent shahridagi 235-maktabda oldim hamda 2007-2010 yillar davomida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi akademik litseyda arab tili yo‘nalishida tahsil oldim. 2010 yili ToshDShIning Sharq filologiya fakulteti arab tili yo‘nalishiga (shartnoma asosida) o‘qishga kirdim.

Institutda o‘qish davomida Mirs madaniyat markazida tahsil oldim. 2014 yil ToshDShIning bakalavr bosqichini bitirib, shu yil magistratura bosqichining arab adabiyoti yo‘nalishiga (davlat granti) asosida o‘qishga kirdim. Ayni vaqtda magistraturaning 2-bosqichida tahsil olmoqdaman.

Otam Yakubov Jamol xususiy tadbirkor, onam Yakubova Umida reabilitatsiya shifoxonasida hamshira.

Turmush o‘rtog‘im Maxmudov Muzaffar Toshkent viloyati hokimligida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlaydi.

2010 yil ToshDShI doirasida arab tili bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 2-o‘rinni egalladim. 2012 yili Misr madaniyat markazida arab tili bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni egalladim. 2013 yili Misr madaniyat markazida 2-marotaba arab tili bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etib, 2-o‘rinni egalladim. Shuningdek, Misr madaniyat markazidagi o‘qishim davomida maqtov yorliqlari bilan taqdirlandim.

2012-2015 yillar mobaynida O‘zbekistonda o‘tkazilgan turli siyosiy, madaniy tadbirlar hamda sport musobaqalarida Marokash, BAA, Quvayt, Livan, Ummon Sultonligi va Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan mehmonlarga arab tilidan tarjimon sifatida faoliyat ko‘rsatdim. 2014 yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari BAAdan tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchiga, 2015 yili bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchiga tarjimon sifatida faoliyat ko‘rsatdim.

2015 yilda Prezident stipendiyasibilan taqdirlandim.

O‘zbek adibi O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asarini o‘zbek tilidan arab tiliga tarjima qilganman.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit