Ismailova Zulfiya Uzakbayevna


1550
Yo‘nalishlar: Yurisprudensiya

Tug‘ilg‘an yili, kuni va joyi: 1995 yil 18 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: «Progress» ta’lim va rivojlantirish markazi, Nukus yuridika kolledji

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

Faoliyat yӯnalishi: Yurisprudentsiya

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

1 iyun 2016 yil Ufa shahri Rossiya «Traditsionnaya i innovatsionnaya nauka: istoriya, sovremennoye sostoyaniye, perspektivi» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman.
28-29 aprel 2016 yil Irkutsk shahri Rossiya «Aktualnie problemi prava, ekonomiki i upravleniya» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman.
15-28 aprel 2016 yil Rostov-na-donu shahri Rossiya «XII nauchnaya konferentsiya studentov i aspirantov» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman.

Erishgan natijalari:

2016-2017 ӯquv yili Alisher Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori
2014-2015 va 2015-2016 ӯquv yillarida universitet miqyosida bulib ӯtgan ingliz tili bӯiycha fan olimpiadalarida 1-ӯrinlar sovrindori
2014-2015 ӯquv yilida Toshkent shahrida Toshkent davlat yuridik universitetida bӯlib ӯtgan Respublika miqyosidagi oliy ӯquv yurtlari orasidagi ingliz tili buyicha fan olimpiadasida faolishtirok etib, «Fahriy yorliq» bilan taqdirlandi.
2015-2016 ӯquv yilida Samarqand shahrida Samarqand davlat chet tilari institutida bӯlib ӯtgan Respublika miqyosidagi oliy ӯquv yurtlari orasidagi ingliz tili buyicha fan olimpiadasida faolishtirok etib, «Fahriy yorliq» bilan taqdirlandi.

Tarjimai hol:

Ismailova Zulfiya Uzakbayevna 1995 yil 18 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.

2010 yili “Progress” nomli ta’lim va rivojlantirish markazini bitirib, Nukus yuridika kolledjiga ӯqishga kirib, a’lo baholar bilan tugatgan. Sӯng 2013 yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix va huquq fakulteti yurisprudentsiya yӯnalishining bakalavriat bosqichi 1-kursiga grant asosida ӯqishga qabul qilingan.

Ӯqishning dastlabki kunlaridan boshlab u ӯzini intiluvchan, mehnatsevar va tirishqoq talaba sifatida kӯrsatib kelmoqda. Bugungi kunda talabalar orasida u ӯzining ӯquv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalaridagi faolligi bilan ajralib turadi.

Zulfiya Ismailovaning «Sud-hukuq sohasiga joriy etilgan yangi islohotlarning demokratik-huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatni barpo etishdagi ahamiyati» mavzusidagi ilmiy ishi mustaqillik yillarida davlatimizda sud-huquq sohasiga joriy etilgan yangi islohotlarning davlat taraqqiyotidagi ahamiyati bilan bog‘liq bӯlib, bu borada hozirgi kungacha 40 ta ilmiy maqolalar va uslubiy qӯllanmalari chop etilgan. Shulardan, 7 ta uslubiy qӯllanma, chet el davlatlarida ingliz va rus tillarida jami 6 ta maqola chop etildi.

Shunigdek, respublika miqyosida ӯtkazilib kelinayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ӯz ma’ruzalari bilan faol ishtirok etmoqda. Davlat huquq sohasiga bag‘ishlangan tadbirlarga faol qatnashib kelmoqda.

«Kamolot» YoIH tomonidan tashkillashtirilgan tadbir va festivallardagi faol ishtiroki uchun Faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit