Ishchanov Javlonbek Kurbanbayevich


1890

2009-2010 o‘quv yilida "Qishloq va suv xo‘jaligi" yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi 1989 yil Xorazm viloyati Xiva tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.

Tarjimai hol
1995-2006 yilgacha 3-Aniq va gumanitar fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabni a’lo baholarga tugallagan. 2006 yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti "Gidromelioratsiya" fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. 2006-2008 o‘quv yillarida qatorasiga 2 marta talabalar orasida "Oliy matematitka" va 2006-2007 o‘quv yilida "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" fanlaridan o‘tkazilgan olimpiadalarda 1-o‘rinni egallagan.
2007-2008 o‘quv yilida Akademik T.N. Qori-Niyoziy stipendiyasi sohibi bo‘lgan. 2008-2009 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi talabalarining fan olimpiadasida "Gidravlika" fanidan birinchi o‘rinni egallagani uchun I darajali diplom sohibi bo‘lgan. 2009 yil bakalavrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. 2010 yilda bakalavriaturani imtiyozli diplom bilan tugatib, institutning magistratura bo‘limiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.
Hozirgi kunda institutning QXGM kafedrasida o‘qituvchi-stajer (o‘rindoshlik asosida), shuningdek, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit