Ibroxim Xamroqulov Shohobovich


1967
Yo‘nalishlar: Sport, Sport o'yinlari

1982 yilning 29 iyulida Samarqand viloyatida tug'ilgan. Shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasida Jahon va Osiyo chempioni. "Universiada-2000" musobaqasining g'olibi. Xalqaro miqyosdagi sport ustasi.

Tarjimai hol

Bugungi kunda Hamroqulovlarni nafaqat yurtimizda, balki ko'plab xorijiy mamlakatlarda ham shaxmatchilar oilasining vakillari sifatida yaxshi bilishadi.

Chunki oila boshlig'i Shahob Hamroqulov tajribali shaxmat murabbiylaridan biridir. Farzandlari - Iroda, Ibrohim, Shahnoza, Jo'rabek bolalar va o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionlari, Osiyo va jahon birinchiliklari qatnashchilari. Ularning orasida hozircha eng katta yutuqni qo'lga kiritgani Ibrohim Hamroqulovdir.

U bolalar va o'smirlar o'rtasidagi mamlakat birinchiliklarida bir necha bor g'olib chiqqan. 1996 yili O'zbekiston birinchi tabaqasida tajribali shaxmatchilarni ortda qoldirib, oliy tabaqaga yo'llanma olgan. Oliy tabaqada grossmeysterlarimizga qarshi dona surish Ibrohimning tajribasini oshirdi. U 1998 yili o'smirlar o'rtasida avval Ispaniyada jahon chempioni, keyin Eronda Osiyo chempioni degan yuksak sharafga sazovor bo'ldi.

Ayniqsa, 2000 yil Ibrohim Hamroqulov uchun omadli keldi. U Gretsiyada bo'lgan ikkita yirik xalqaro musobaqada g'olib chiqdi. Namanganda tashkil etilgan birinchi mamlakat Universiadasida esa ham shaxsiy hisobda, ham Samarqand viloyati jamoasi tarkibida birinchi o'rinni egalladi va g'oliblar qatori Prezidentimizning sovg'asi - "Tiko" avtomobili bilan mukofotlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit