Ibrohimov Farhodjon Anvarjon o‘g‘li


2499
Yo‘nalishlar: Jamiyat, Madaniyatshunoslik

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi:

Farg‘ona tumani, 10-umum o‘rta ta’lim maktabi

Taxsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi:

Farg‘ona davlat universiteti

Faoliyat yo‘nalishi:

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

Erishgan natijalari:

Tarjimai xol:

Men Ibrohimov Farhodjon Anvarjon o‘g‘li 1993-yil 22-sentyabrda Farg‘ona tumanida ishchi oilasida tug‘ildim. Millatim o‘zbek. 2000-yil 1-sentyabrda Farg‘ona tumanidagi 10-sonli o‘rta maktabning 1-sinfiga o‘qishga qabul qilindim. 2009 yili 9-sinfni muvafaqqiyatlitugatdim. 2009-2012-o‘quv yillarida Farg‘ona shahar Huquqshunoslik kollejida taxsil oldim.

Kollejni a’lo baholarga tamomlab, 2012-yilda Farg‘ona davlat universitetining “Tarix” fakulteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’limyo‘nalishiga hujjat topshirib, jami 152,2 ball bilan davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindim. 2012-2013 o‘quv yilida 1-kursni, 2013-2014 o‘quv yilida 2-kursni, 2014-2015 o‘quv yilida 3-kursni a’lo baholarga yakunladim. O‘qish davrida mutahassislik fanlariga bo‘lgan qiziqishim tufayli, Respublika va oliy ta’lim muassasalarda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiya va ko‘rik-tanlovlarda muvafaqqiyatli ishtirok etib kelmoqdaman. Bundan tashqari universitetda o‘tkazilayotgan ma’naviy-marifiy va tashkiliy ishlarda ham o‘z iqtidorimni ko‘rsatib, xususan guruh “Kamolot” YIH yetakchisi va universitet “Zakovat” klubi a`zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdaman.

Otam Turdaliyev Anvarjon Ibrohimovich 1968 yil 22 dekabrda Farg‘ona tumanida ishchi oilada tug‘ilgan. Hozirda AO “Farg‘onaazot”da navbatchi qorovul sifatida ishlab kelmoqda.

Onam Turdaliyeva Umidaxon O‘rinboevna 1970 yil 14-iyunda Farg‘ona tumanida ishchi tug‘ilgan. Bugungi kunda Farg‘ona tumani 2-sonli SHifoxonda navbatchi hamshira.

Akam Turdaliyev Faxriddin Anvarjonovich 1991-yil 10-fevralda Farg‘ona tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan. Hozirgi kunda xususiy tadbirkor.

  • Ukam Ibrohimov Jahongir Anvarjon o‘g‘li 2000 yil 9-aprelda Farg‘ona tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisi.
  • Singlim Ibrohimova Durdonabonu Anvarjon qizi 2004 yil 20-iyunda Farg‘ona tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinfi o‘quvchisi.


Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit