Fayzieva Mushtaribegim -


1764
Yo‘nalishlar: Musiqa

Fayzieva Mushtaribegim 2009 yil R.Glier nomidagi RIMALitseyi fortepiano bo’limi bo’yicha 1 sinfga qabul qilingan. Fortepiano sirlarini O’zbekiston xalq ta’limi a’lochisi Gulidjaxan Hasanovadan o’rganib kelmoqda.

Shu qisqa davr mobaynida o’zining xarakatchanligi, tirishqoqligi, izlanuvchanligi bilan boshqa o’quvchilardan ajralib kelmoqda. Qobiliyati yaxshi, berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajaradi. O’z ustida tinmay ishlaydi. Mushtaribegim chet el, rus bastakorlarining asarlarini qunt bilan o’rganib kelmoqda.

Fortepiano mutaxassisligi yo’nalishi bo’yicha qobiliyatli o’quvchiligini amalda ko’rsatdi. Umumta’lim fanlari bo’yicha o’zlashtirishi a’lo, o’quvchilar orasida xurmatga ega.

Litseyaro o’tkazilgan tanlovlarda qatnashib, sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqda.

2015 yil 27 iyuldan 1 avgustga qadar Italiyaning San-Bartolomeo shahrida bo’lib o’tgan “Jiovani Talenti” nomidagi XXVIII-Xalqaro tanlovida II darajali diplom bilan taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit