Fateeva Yana Alekseevna


1743
Yo‘nalishlar: Musiqa

Fateeva  Yana  Alekseevna


Fateeva  Yana  Alekseevna 9 iyun 1998 yili Toshkent shahrida tug’ilgan. 2004 yili R.Glier nomidagi RIMALitseyi kamonli–torli bo’limi skripka alьt mutaxassisligi bo’yicha o’qituvchi A.Sultanov sinfiga o’qishga qabul qilindi.

U shu davrlar mobaynida o’zining xarakatchanligi, tirishqoqligi, izlanuvchanligi bilan boshqa talabalardan ajralib keldi. Qobiliyati yaxshi, berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajaradi. O’z ustida tinmay ishlaydi. Yana chet el, rus va XVII – XX asr bastakorlarining asarlarini qunt bilan o’rganib kelmoqda.

Skripka alьt mutaxassisligi yo’nalishi bo’yicha qobiliyatli o’quvchiligini amalda ko’rsatdi. Umumta’lim fanlari bo’yicha o’zlashtirishi a’lo, o’quvchilar orasida xurmatga ega, litsey tadbirlarida faol qatnashib keladi. U litsey va litseydan tashqari o’tkazilgan turli kontsertlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Yana shu o’qishi mabaynida o’z bilim va malakasini oshirishda ko’p mehnat qildi. Mutaxassislik bo’yicha ijro maxoratini oshirish uchun tinmay ishladi va yaxshi natijalarga erishdi.

2015 yil 26-30 noyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan “Iste’dod” nomli I-Xalqaro tanlovida IIdarajali diplom bilan taqdirlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit