Davletyarova Laylo Baxodirovna


2013
Yo‘nalishlar: Matematika, Sport

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 1994 yil 24 avgust, Xorazm viloyati, Urganch shahri.

Talim olgan maktabi: Xorazm viloyati, Gurlan tumani 30-umumtalim maktabi, Urganch olimpiya zahiralari kolleji qoshidagi maktab-internat.

Tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi: O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti.

Faoliyat yo‘nalishi: Sport (engil atletika)

Halqaro tadbirlarda ishtiroki:

  • 2015 yil 29 noyabrda Maxachkalada bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy fan rivojlanishining nazariy va amaliy muammolari" mavzusidagi IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya.
  • 2014 yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Olimpiya zahiralari kollejlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro match

Erishgan natijalari:

  • 2010 yil 28-30 aprel, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati, 200 m ga yugurish turidan 1-o‘rin.
  • 2012 yil 3-4 sentyabr, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati, yestafetaliyugurish va 100 m ga g‘/o yugurish turidan 2-o‘rin.
  • 2012 yil 24-25 aprel, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, 100 m ga g‘/o yugurish turidan 1-o‘rin.
  • 2013 yil 1-2 fevral, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, 60 m ga g‘/o yugurish turidan 2-o‘rin.
  • 2013 yil 19-20 aprel, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston shaharlararo kubogi, 100 m ga g‘/o yugurish turidan 3-o‘rin.
  • 2013 yil 11-13 sentyabr, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati, 100 m ga g‘/o yugurish va yestafetali yugurish turidan 1-o‘rin.
  • 2013 yil 26-27 aprel, yengil atletika bo‘yicha 1994-1995 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati, 100 m ga yugurish va estafetali yugurish turidan 1-o‘rin.
  • 2014 yil 2-3-may, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq kubogi, 100 m ga g‘/o yugurish turidan 2-o‘rin.
  • 2014 yil, yengil atletika bo‘yicha Olimpiya zahiralari kolleji o‘rtasida o‘tkazilgan Xalqaro match , estafetali yugurish turidan 1-o‘rin.
  • 2014 yil 15-16-aprel, yengil atletika bo‘yicha professor R.Qudratov xotirasiga bag‘ishlangan O‘zDJTI ochiq chempionati, estafetali yugurish va100 m ga g‘/o yugurish turidan 2 va 3-o‘rin.
  • 2014 yil 22 yanvar, yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootdaO‘zbekiston chempionati, 60 m ga g‘/o yugurish va estafetali yugurish turidan 3-o‘rin.
  • 2014 yil 29-30-may, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston shaharlararo kubogi, 100 m ga g‘/o yugurish turidan 2-o‘rin.
  • 2014 yil 20-22-avgust, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati, 100 m ga g‘/o yugurish turidan 1-o‘rin.
  • 2015 yil 17-19-sentyabr, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati, 100 m ga g‘/o yugurish turidan 2-o‘rin.
  • 2015 yil 12-14-may, O‘zbekiston ochiq kubogi, 100 m ga g‘/o yugurish turidan 2-o‘rin


Tarjimai hol

Davletyarova Laylo Baxodirovna 1994 yil 24 avgustda Xorazm viloyati Urganch shahrida, ishchilar oilasida tug‘ilgan. Millati -o‘zbek.

2000-2007 yillarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 30-umumtalim maktabida tahsil olgan. 2008- 2010 yillarda Urganch olimpiya zahiralari kolleji qoshidagi maktab-internatida yengil atletika ixtisosligida tahsil olgan.

 2010 yilda Urganch olimpiya zahiralari kollejiga o‘qishga qabul qilingan. 2013 yilda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida birinchilikni qo‘lga kiritib, Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtiyoziga sazovor bo‘lgan. Shu yili imtiyoz asosida O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutiga o‘qishga qabul qilingan. Yengil atletika bo‘yicha ko‘pkarra O‘zbekiston chempioni, xalqaro musobaqalar sovrindori.

O‘zbekiston terma jamoa azosi. “Umid nihollari-2009” hamda “Barkamol avlod-2011” sport musobaqalari ishtirokchisi. Institut, respublika va xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi.

Hozirda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti Ko‘pkurash sport turlari fakulteti, yengil atletika ixtisosligi IV bosqich talabasi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit