Botirov Javlon Abduhakim o‘g‘li


2353
Yo‘nalishlar: Iqtisod

Familiyasi, ism-sharifi: Botirov Javlon Abduhakim o‘g‘li

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 1992 yil 7 may Samarqand viloyati Ishtixon tumani Baxrin qishlog‘i

Ta’lim olgan maktabi: Samarqand viloyati Ishtixon tumani

51-umumta’lim maktabi

Ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent davlat agrar universiteti

Faoliyat yo‘nalishi: Buxgalteriya hisobi va audit

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

3-5 декабря 2014 Курск. Современные технологии продуктов питания . Сборник научных статей Международной научно-практической конференции

2015. Барнаул. Аграрная наука-сельскому хозяйству Х Международная научно-практическая конференция.

26–27 февраля 2015 г. Екатеринбург УрГАУ«Уральский государственный аграрный университет»Стратегические задачи аграрного образования и науки.Сборник материалов Международной научно-практической конференции

Kabi konferensiyalarda hammualliflik asosida tezis va maqolalar chop etilgan

Tarjimai hol

Botirov Javlon Abduhakim o‘g‘li 1992 yil 7-may kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Baxrin qishlog‘ida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 1999 yil Samarqand viloyati Ishtixon tumani 51-umumta’lim maktabiga 1-sinfga qabul qilingan. Maktabni a’lo baholarga tugatib 2008 yilda Ishtixon tumani Baxrin qishloq xo‘jalik KXK “Moliya” yo‘nalishiga qabul qilinganman. Kollejni imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

2012 yilda Toshkent davlat agrar universitetining “Buhgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishiga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinganman.

Universitetda ta’lim olish bilan bir qatorda jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etgan.

M.V.Lomonosov nomli Maskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida 2013 yil 16-17 aprel kunlaribo‘lib o‘tgan “Obrazovanie i vospitanie molodeji-fundament blagopoluchiya i protsvetaniya jizni” nomli ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtirok etib universitet tomonidan Sertifikat bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Yurt kelajagi ” iqtidorli yoshlar ko‘rik tanlovining Toshkent viloyati bosqichida faol qatnashganman va tashkiliy qo‘mita tomonidan fahriy yorliq bilan taqdirlandi.

Toshkent davlat agrar universiteti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Agrar korxonalarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashda buxgalteriya hisobi, audit va moliya-kredit mexanizmining rolini oshirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasida faol qatnashib fahriy yorliq bilan taqdirlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit