Botirov Timur Alisherovich


1789
Yo‘nalishlar: Jamiyat, Yurisprudensiya

2011-2012 o‘quv yilida "Huquq va xalqaro munosabatlar" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori. 1989 yil yil Samarqand shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 2009 yil Samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.

Tarjimai hol
Botirov Timur Alisherovich namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan universitet va fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Timur Botirov fakultetda yetakchi talabalardan biri hisoblanadi. U o‘qish davri mobaynida tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi bilan o‘zini ko‘rsata olgan talabalardan hisoblanadi. 15 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. Timur Botirov Respublika va viloyat miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda. Universitet Kamolot YoIH faol a’zosi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit