Begjanova Gulzada Barliqbay qizi


1889
Yo‘nalishlar: Yurisprudensiya

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Nukus shahar 12- umumiy o‘rta ta'lim maktabini tamomlagan

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Faoliyat yo‘nalishi: Yurisprudensiya

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki: 2014-yil, Ukraina, «Проблеми та перспективи розвитку науки на початку третього тисячоліття у країнах Європи та Азії» VII Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada“Fuqarolik huquqida yuridik shaxslar huquq va muamola layoqatining mazmuni” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etgan.

Erishgan natijalari: 2015-2016 o’quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Tarjimai hol: Begjanova Gulzada Barliqbaevna 1995 yil 31 dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahrida ziyolilar oilasida tug’ilgan. 2010-yili o’rta ta’lim maktablari orasida o’tkaziladigan fan olimpiyadasida Respublika miqyosida 1-o’rinni egallab, QDU qoshidagi №1 akademik litseyga test sinovlarisiz o’qishga qabul qilindi. 2013-yili akademik litseyni tugatib, shu yili Qoraqalpoq davlat universiteti tarix va huquq fakultetiga o’qishga kirdi.

U o’qish davomida barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi, mehnatsevarligi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan universitetning boshqa talabalaridan ajralib turadi. U jinoyat huquqining dolzarb mavzulari hisoblangan “Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va javobgarligining xususiyati” mavzusida ilmiy ishlar olib bormoqda. 25 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, jumladan, “Majburlov choralari uni qo’llagan holda voyaga yetmaganlarni jazodan va javobgarlikdan ozod qilish tushunchasi va ahamiyati”, “Bolalar mehnatining huquqiy kafolatlari”, “Voyaga yetmaganlarning huquq subyektligi va uning yuridik tavsifi, “Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi qonun hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik” “O’zbekiston Respublikasida bola huquqlarini himoyalashning huquqiy asoslari”, “Jinoyat qonunchiligida oila va yoshlarga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikning belgilanishi”, mavzusidagi maqolalar. Shu kunga qadar, “Voyaga yetmaganlarni jazo va javobgarklikdan ozod qilishning o’ziga xos jihatlari”, “Jinoyat tarkibi”, “Jinoyat huquqi”, “Fuqarolik huquqi subyekti sifatida yuridik shaxs ta’sischisi majburiyat va mulkiy huquqlarining o’ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi o’quv-qo’llanmalari chop etilgan. “Kamolot” YoIH tanlov, tadbir va aktsiyalaridafaol ishtirok etib kelmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit