Alijonova Sadoqat Sohibjon qizi


1957
Yo‘nalishlar: Fan

Ta’limolgan/ olayotganmaktabi: ToshkentshaharYashnaobod tumani 215-maktab.

Ta’limolgan/ olayotgan oliyta’limmuassasi: O‘zbekistondavlatjahontillariuniversiteti.

Faoliyatyo‘nalishi: 5220100 –Jurnalistika (xalqaro jurnalistika)

Xalqarotadbirlardagiishtiroki:

2015-yil 14-iyul Avstriya, Vena shahridagi “Adabiyot, til va lingvistika” ilmiy-amaliy anjumanda ishtirokchi.

Erishgan natijalari:

2011-yil- Respublika “Kamolot” YOIH tomonidano‘tkazilgan “Qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar” festivalida 1-o‘rin egallagan jamoa ishtirokchisi sifatida faxriy yorliq bilan taqdirlangan;

2012-yil “Kamolot” YOIH Hamza tuman bo‘limi kengashi “Qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar” festivalida Faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan;

2013-yil “Yosholim” ilmiy-konfrensiyasida Faxriyyorliqbilantaqdirlangan;

2014-yil “Zamonaviy mass-medianing yangi tendensiyalari va dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-konfrensiyasida maqtov yorlig‘i bilan taqdirlangan;

2014 -yil “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovi Uchtepa tuman bosqichida 1-o’ring’olibibo’lgani uchun diplom bilan taqdirlangan;

2014 -yil “Yurt kelajagi”iqtidorli yoshlar tanlovi Toshkent shahar bosqichida faol ishtiroki uchun diplom bilantaqdirlangan;

2014 –yil “Milliy jurnalistika rivojida yosh journalist kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari” mavzusidagi amaliy anjumanda “Televideniyeda efirga uzatilgan ko‘rsatuvlari uchun” nominatsiyasi g‘olibi sifatida diplom bilan taqdirlangan;

2014 -yil “Psixolingvistika muammolari”ilmiy-amaliy konfrensiyasida faxriy yorliq bilan taqdirlangan;

2015-yil “Zamonaviy psixologiya muammolari” mavzusidagi an’anaviy talabalarning ilmiy konferensiyasida faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2015 yil Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi.

TARJIMAI HOL

Men Alijonova Sadoqat 1993 yilning 13 sentyabr sanasida, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida tug‘ilganman. 2000 yil 326-maktabga qabul qilinib, 2009 yil 215- maktabni a’lo baholarga tugatdim. 2009-2012 yillarda TDPU qoshidagi akademik litseyning “Horijiy filologiya” fakultetida tahsil olganman. 2012 yil O‘zDJTUning “Xalqaro jurnalistika” fakultetiga davlat grandi asosida o‘qishga qabul qilindim.Bugungi kunda shu oliygohning 4-bosqich talabasiman.

Maktab va litseyda barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qib, jamoat ishlarida faol qatnashganman. Shu bilan birga, qator Respublika ko‘rik-tanlovlarida ham o‘zimni sinab ko‘rdim. Jumladan, “Kelajak ovozi” Respublika yoshlar ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida faxrli II o‘rin bilan taqdirlangan bo‘lsam, 2012 yil ona tili fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarida ham yuqori natijalarga erishdim. 2014 yil Kamolot YOIH tomonidan o‘tkazilgan “Yurt kelajagi” Respublika tanlovi “Jurnalistika” yo‘nalishining tuman bosqichida faxrli I o‘rinni egalladim va ushbu tanlovning shahar bosqichi ishtirokchisiman.

Universitetda ham qator jamoat tadbirlarida faol ishtirok etishga harakat qilaman. Jumladan, oliygohda o‘tkazilgan “Amaliyot - 2014” ko‘rik-tanlovining “Televideniye” yo‘nalishi g‘olibasiman. Joriy 2015 yilda Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldim.

Bolaligimdan jurnalistika sohasiga qiziqqanligim tufayli o‘qishimni shu yo‘nalishda davom ettiryapman. Qisqa ijodiy faoliyatimda turli mavzu va janrlarda yozilgan maqolalarim Respublika nashrlaridan “Ma’rifat”, “Milliy tiklanish”, “Turkiston” va “Hayot” gazetalarida chop etilgan. Shu bilan birga, qator anjumanlarda ham ishtirok etib kelmoqdaman. Ilmiy maqolalarim to‘plamlarda nashr etilgan. Shuningdek, O‘zMTRK “O`zbekiston” teleradiokanalining “Assalom, O‘zbekiston” studiyasida muhbir sifatida faoliyat yurityapman.

Oilam 5 kishidan iborat. Otam – Alijonov Sohibjon, O‘zMTRK “Mahalla” teleradiokanali direktori. Onam – Alijonova Karima, 218-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Opam – Alijonova Nilufar, uy bekasi. Ukam – Alijonov Azizbek, talaba.

Hayotdagi maqsadlarim katta. Kelajakda mohir jurnalist va yurtga kerakli shaxs bo‘lib yetishish niyatidaman.Telejurnalistika sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish hamda bu sohaning ravnaqiga munosib hissamni qo‘shishni maqsad qilganman. Shiorim: “Intilganga toleyor”.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit